Power Horse — energetik ichimligi uchun dizayn
Avval qilgan ishlarimiz orasida ancha qiziq va yirik loyihalar bor. Shulardan biri — “Power Horse” brendi uchun yaratgan dizaynimiz.
1. Vazifa
Power Horse shunchaki navbatdagi energetik emas, balki Angliyaning afsonaviy Manchester City futbol klubining rasmiy ichimligi (Official Energy Drink) hisoblanadi. O‘shanda mahalliy distribyutorlar butun dunyoga mashhur shu global hamkorlikni O‘zbekiston bozorida ham portlatish maqsadida bizga murojaat qilishgan edi. Bizning vazifamiz esa tayyor global firmaviy uslubni olib, uning drayvini savdo muzlatgichlari va turli merchlarga moslashtirish bo‘lgan.
Yechim
Jahon darajasidagi qat’iy gaydlaynlar bilan ishlash — ijodkor uchun ham mas’uliyat, ham faxr. Dizaynda tezlik, kuch va chempionlik ruhini berish uchun keskin diagonal chiziqlar hamda qizil-oq ranglar kombinatsiyasidan foydalanganmiz.
- Asosiy fishka sifatida Kevin De Bryuyne, Serxio Aguero va Leroy Sane kabi Man City yulduzlarining emotsiyaga to‘la suratlarini joylashtirganmiz.
- Dizaynda muzday va bahaybat Power Horse bankasidan foydalanganmiz.
- Tepa qismida futbolchilar yonida “Unstoppable Together” (Birgalikda yengilmasmiz) shiorini joylashtirganmiz.
- Pastki panelga “Only energy you need” (Sizga kerak bo‘lgan yagona energiya) shiorini joylashtirganmiz.
Bundan tashqari, dizayn quruq bo‘lib qolmasligi uchun global shiorlarni umumiy kompozitsiyaga uyg‘un tarzda integratsiya qilganmiz.
Xullas, o‘sha paytlari distribyutorlar uchun shunchaki ichimlik sovitadigan uskuna ustidagi dizaynni emas, supermarketdagi ming xil rang-baranglik ichida yo‘qolib qolmaydigan, uzoqdan xaridorni chaqirib turadigan haqiqiy marketing magnitini ishlab chiqqanmiz.









