Agri Food — Agro mahsulotlar uchun Yevropacha qadoq dizayni

Agri Food — Agro mahsulotlar uchun Yevropacha qadoq dizayni

Agri Food – Yevropada eksportga mo'ljallangan O'zbekistondan kelgan dukkakli o'simliklar uchun qadoqlash dizayni

  • Qadoq dizayni

1. Vazifa

Agri Food — O‘zbekistondagi dukkakli mahsulotlarning yetakchi eksportchilaridan biri. Kompaniya yillar davomida ishonchli B2B-yetkazib beruvchi sifatida nufuzini oshirib, xalqaro bozorlarga tonnalab saralangan qizil loviya va mosh yetkazib kelgan.

Rivojlanish bosqichida biznes B2B-modelining yuqori chegarasiga duch keldi. Faoliyatni kengaytirish, mahsulotga qo‘shimcha qiymat berish va marjinallikni oshirish maqsadida shaxsiy chakana savdo brendini yaratish bo‘yicha strategik qaror qabul qilindi.

Muammo shunda ediki, mahsulotning mavjud mahalliy qadoq dizayni versiyasi ichki bozorlar uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, yevropalik iste’molchining talablariga javob bermas edi. U turli tillardagi ortiqcha ma’lumotlar bilan to‘langan va dizayni birmuncha eskirgan edi.

Oldimizga aniq vazifa qo‘yildi: loviya va mosh uchun shunday qadoq dizaynini ishlab chiqish kerak ediki, u Angliya va Germaniya supermarketlari peshtaxtalarida o‘z o‘rnini egallashi va u yerda raqobatbardosh bo‘lishi lozim edi.

2. Tadqiqot

Ish Yevropa bozorini tahlil qilishdan boshlandi. Yevropa chakana savdosida dukkakli mahsulotlar segmenti to‘lib-toshgan. Biz u yerda ustunlik qiladigan ikkita asosiy qadoq turini aniqladik:

  • “Berk” qadoqlar: mahsulotni butunlay yashiradigan karton qutilar yoki paketlar. Iste’molchi faqat brend nomiga ishonib, ko‘r-ko‘rona xarid qilishga majbur bo‘ladi.
  • “Nomsiz” paketlar: ishonch uyg‘otmaydigan va tayyor brend mahsuloti emas, balki xomashyo sifatida ko‘rinadigan arzon, to‘liq shaffof paketlar.

Yevropalik iste’molchi sifat, ekologik tozalik va shaffoflikni (transparency) qadrlaydi. U aynan nimani sotib olayotganini ko‘rishni xohlaydi.

Bu tahlil bizga aniq insayt berdi: mahsulotni yashirmaslik kerak. Raqobatchilar mahsulotni yo to‘liq yashirayotgan yoki uni arzon ko‘rinish bilan taqdim etayotgan bir paytda, biz dizaynning bosh qahramoni sifatida mahsulotning o‘zini ko‘rsatishga qaror qildik.

3. Yechim

Biz mahsulot atrofida qurilgan sof, to‘g‘ri va Yevropaga xos minimalistik dizayn ishlab chiqdik.

  • 1. To‘siqlarsiz dizayn: biz qadoqning deyarli butun old qismini shaffof holda qildik. Bu saralangan loviya va mosh kabi mahsulotlarning o‘zini-o‘zi “sotishiga” imkon beradi. Xaridor mahsulotning 100% tarkibini ko‘radi, bu ochiqlikning eng yuqori shakli bo‘lib, birdan ishonch uyg‘otadi.
  • 2. Etiketka va toza tipografika: barcha asosiy ma’lumotlar — nom, logotip, ikonkalar va ishtahaochar illustrasiya — etiketkaning markazida joylashgan. Bu element diqqatni o‘ziga tortadigan nuqtani yaratadi va mahsulotni to‘sib qo‘ymagan holda uni brendlaydi.
  • 3. Ma’lumotni yevropacha yetkazish: mahsulot nomi (Red Kidney Beans, Green Moong Beans) uchun tabiiylik hissini beradigan yengil, organik qo‘lyozma shaklidagi shriftni tanladik. Yevropa iste’molchisi uchun asosiy triggerlarni (Full of Fibre and Protein, Suitable for Vegetarians) ko‘rinadigan, oson o‘qiladigan va tushunarli holda tasvirladik.
  • 4. Ishtahaochar qism: qadoq markazida haqiqiy ko‘rinishga ega mahsulot (mosh/loviya) illustrasiyasi joylashtirildi. U ishtahani ochadi va hatto uzoqdan qaralganda ham mahsulotni rastalarda ajralib turishiga xizmati qiladi.

Natija

Natijada mijozimiz yuqori raqobat bozoriga kirish uchun tayyor instrumentga ega bo‘ldi. Yangi dizayn Agri Food kompaniyasiga Angliya va Germaniyadagi distribyutorlar bilan muvaffaqiyatli muzokaralar o‘tkazishga yordam berdi.

Brend pozitsiyasining yangilanishi, ya’ni nomsiz xomashyo ta’minotchisidan to‘laqonli B2C-brendga aylanishi tufayli esa kompaniya Yevropa bozoriga yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulot taklif etgan holda yangi rivojlanish bosqichiga chiqa oldi.