Vodiy Organics — O‘zbekistondagi organik tuxum brendi va qadoqlash dizayni

Vodiy Organics — O‘zbekistondagi organik tuxum brendi va qadoqlash dizayni

Biz ancha avval yakunlagan, ammo hali maqola qilib joylamagan loyihalarimizdan biri — Vodiy Organichs brendi uchun ishlangan logotip va etiketka dizayni.

  • Qadoq dizayni
  • Neyming
  • Logotip

1. Vazifa

Mijozimiz shunchaki bir tadbirkor sifatida emas, balki bozorda oʻz soʻzini aytadigan brend sifatida shakllanishni maqsad qilgan. Ularning oldida turgan masala — umuman etiketkasiz ishlaydigan bozor uslubidan va “bir qolipdan chiqqan” dizaynga ega raqobatchilardan ajralib chiqib, isteʼmolchida birinchi nigohdayoq “mana shu — toza mahsulot” degan ishonchni uygʻotish edi.

Bizdan talab qilingani: logotip va etiketka orqali mahsulotning tabiiyligi va organik ekanini tushuntirib berish. Sodda qilib aytganda, xaridor rasta oldida toʻxtab, boshqa tuxumlarga emas, aynan mana shu qadoqqa qoʻl uzatishi uchun jiddiy asos yaratishimiz kerak edi.

2. Tadqiqot

Bozorda bilasiz, tuxumlar soqoli olingan askarlardek taxlanib turadi — hammasi bir xilda. Oʻzbek xaridori uchun esa tuxum — bu shunchaki oqsil emas, bu baraka, toʻqlik, nonushta ramzi. Odamlarimiz hali ham bozorniki va zavodnikidan koʻra qishloqnikini, “domashniy”sini afzal koʻrishadi. Demak, biz sovuq zavod muhitini emas, balki tong saharda tovuq ququlagan, somon hidi kelib turgan, tabiat bilan yuzma-yuz kelgan qishloq fayzini sotishimiz kerakligini angladik.

3. Yechim

Natijada “Bizniki tabiiy (organik)” deb baqirishdan koʻra, etiketkaning oʻzini gapiradigan qilishga qaror qildik.

Logotipni ishlab chiqishda “Vodiy” nomidagi “V” harfiga shunday ishlov berdikki, unda ham tovuqning magʻrur turishi, ham dasturxondagi qovurilgan tuxum aks etdi. Bu — vizual metafora. Koʻz ilgʻamaydi, lekin ong osti darrov qabul qiladi.

Etiketka dizayniga esa alohida zeb berdik:

  • Illyustratsiya: xuddi rassom qalami bilan chizilgandek mahoratli chiziqlar qishloq hayoti va erkinlikni ifodalaydi.
  • Ranglar: oftob nuri va tuxum sarigʻini eslatuvchi iliq sariq rang — quvvat va yangilanish belgisi.

Natija

Yakunda shunchaki tuxum sotiladigan quti emas, balki brendning yuzi paydo boʻldi. Bu dizayn doʻkonlarda “men shu yerdaman” deb turibdi. Vodiy Organichs endi shunchaki mahsulot emas, balki har bir xonadonga baraka va tabiiylik olib kiruvchi ishonchli mehmon.

Shu kabi sifatli xizmatlar uchun Minim jamoasiga murojaat qiling.