Selva — changyutkichlar uchun qadoq dizayni

Selva — changyutkichlar uchun qadoq dizayni

Selva changyutgichlari uchun qadoq dizayni ishlab chiqildi. Ikki rangli konsepsiya (binafsha/to‘q kulrang) va aniq piktogrammalar (2000 Vt, HEPA H13) texnologiklikni yaqqol namoyish etadi. Premium qadoqlash savdolarni tezlashtirdi va sotuvchilar ishini osonlashtirdi. 

  • Qadoq dizayni

1. Vazifa

Maishiy texnika brendi ikkita yangi mahsulot bilan bizga murojaat qildi. Mijozimiz mahsulotning afzalliklarini ko‘rsatib beradigan upakovki ishlab chiqish vazifasini bizga ishonib topshirdi. Yangi dizayn do‘konlarda ko‘zga tashlanib turishi, yuqori sifatni bildirishi va texnik xususiyatlarini oddiy va tushunarli tarzda ko‘rsatib berishi kerak edi.

Inobatga olinishi kerak bo‘lgan jihatlar:
• Changyutkichlar funksionali murakkab: filtrlash tizimi, quvvati, motori — bularning hammasini qadoqda ko‘rsatish kerak.
• Qadoq — xaridor ko‘radigan birinchi narsa. U tom ma’noda "sotishi" zarur.
• Dizayn iste’molchiga ham, chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga ham birdek ma’qul kelishi muhim.

2. Tadqiqot

Biz raqobatchilarda mahsulot korobkasi qanday ko‘rinishda ekanini o‘rganib chiqdik va bir qonuniyatni aniqladik: ko‘plab korobkalar quruq va arzon ko‘rinishga ega — vizual jihatdan ishonch uyg‘otmaydi va mahsulot haqida ma’lumot bermaydi. Ularning fonida sifatli, tushunarli va jozibali dizaynga investitsiya qilgan brendlar ancha ajralib turadi. Bunday mahsulotlar e’tiborni tortadi va sotuvlari sezilarli darajada yuqori. Ayniqsa, qadoq xaridor bilan kommunikatsiya o‘rnatishning asosiy usuli bo‘lgan oflayn sotuv nuqtalarida bu juda dolzarb.

Demak:
• Rang va kompozitsiya muhim (xaridorlarning 85% vizualga e’tibor beradi).
• Piktogrammalar tezroq o‘qiladi va uzun ta’riflardan ko‘ra ko‘proq ishonch uyg‘otadi.
• Premium tashqi ko‘rinish = mahsulotga ishonch.

3. Yechim

Biz ikkita quti uchun dizayn ishlab chiqdik:
• binafsha rang — tozalik va nafislik ramzi sifatida,
• to‘q kulrang — qudrat va texnologiya obrazi sifatida.

Umumiy uslub — og‘ir-vazmin, dadil va toza. Vizual fokus changyutkichning yirik rasmi, tushunarli ikonka va logotipga qaratilgan. Bir necha soniyada o‘qiladi va tushunarli bo‘ladi. Biz quvvati 2000 W, H13 HEPA filtri — 99,9% tozalash, tortish kuchi 350 W kabi asosiy afzalliklarini ajratib yozdik.

Ikonkalar ta’rifi ikki tilda tushuntirildi. Yon taraflarda — qurilma sxemasi: changyutkich qismlari, komplektga nimalar kirishi ko‘rsatildi. Bunday yondashuv xaridorda shubhalarni yo‘qotadi va tezroq qabul qilishiga undaydi.

Upakovka materiali ham ahamiyatga ega. Biz zich karton, jilosiz (matli) laminatsiya va rasm va logotip ustiga jilo (glyanes) tanladik. Bu premium mahsulot sifatini beradi va mahsulot yaxshi saqlanishini ta’minlaydi. Korobka ichida hammasi ixcham va zich joylashadi, hech narsa liqillab turmaydi — texnika vositalari uchun bu muhim jihat.

Natija

Bozorga chiqishi bilan mahsulot yaxshi sotila boshladi. Iste’molchilar ortiqcha so‘rab o‘tirmasdan, qutini ko‘riboq mahsulot afzalliklari haqida bilib olishyapti. Bu sotuvchilar ishini osonlashtirdi va sotuv jarayonini tezlashtirdi.

Chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar aytishicha, Selva qadog‘i raqobatchilarnikiga qaraganda qimmatroq va zamonaviyroq ko‘rinyapti, bu esa u ko‘proq va tezroq sotilishiga xizmat qilyapti.