NOV — limonadlar uchun etiketka dizayni

NOV — limonadlar uchun etiketka dizayni

NOV limonadlari liniyasi uchun etiketka dizayni ishlab chiqildi. Shaffof "oyna" ichimlik rangini dizaynga birlashtiradi, fotorealistik meva ta'mni bir zumda aniqlashni ta'minlaydi, botanika grafikasi esa premium va sersuv ko'rinish beradi. 

  • Qadoq dizayni

1. Vazifa

NOV brendi ostidagi mineral suvlar bozorga muvaffaqiyatli olib chiqilganidan so‘ng mijozimiz yangi vazifa bilan bizga yuzlandi — mevali gazlangan limonadlar lineykasi (limon, nok, tarxun, krem-soda va malina) uchun dizayn ishlab chiqish.

Asosiy maqsad: brend arxitekturasini saqlab qolgan holda limonaddan odatda xaridor kutadigan emotsiya va “soflik” hissini qo‘shish.

2. Tadqiqot

Biz bozorni tahlil qilib, uchta asosiy jihatni ajratib oldik:

  • Qaror soniyalar ichida qabul qilinadi. Nielsen tadqiqotlariga ko‘ra, xaridorlar 70% holatda limonadni uning tashqi ko‘rinishiga qarab sotib oladi.
  • Ichimlikning o‘zi dizaynning bir qismi. Ishlab chiqiladigan dizayn ichimlikning yorqin rangi va shishali qirrali butilka bilan uyg‘unlashib ketishi kerak.
  • Shaffoflik trend sifatida. Premium segmentdagi mahsulotlarda shaffof elementlar ko‘p uchraydi — sababi, bu mahsulotni ochiq-oydin ko‘rsatib turadi va uning yuqori sifatda ekanini ta’kidlaydi. O‘zbekistonda limonandlar kategoriyasida bu amaliyot deyarli uchramaydi.

3. Yechim

Markazda joylashgan meva

Har bir etiketka markazida limon, nok, malina va boshqa mevalarning realistik tasvirini joylashtirdik. U ta’m piktogrammasi bo‘lib xizmat qiladi va istalgan tarafdan qaralganda ham ko‘rinib turadi.

Fondagi illyustratsiyalar

Chap va o‘ng tarafda — asosiy ta’mga mos ravishda yengil botanik grafika joylashtirildi. U premium hissiyot beradi va dizaynni ortiqcha to‘ldirib yubormay, mahsulotga o‘zgacha xarakter bag‘ishlaydi.

Shaffof etiketka

Nostandart yechim: etiketkaning bir qismi shaffof tarzda amalga oshirildi. Ayni shu shaffof qismiga matn ham joylashtirildi, shu orqali ichimlik dizaynning bir qismiga aylantirildi. Bu ham qadoqqa oliy sifat ko‘rinishini beradi.

Natija

Yangi NOV limonadlari lineykasi brend taniqliligini oshiruvchi va mahsulotni ajratib turuvchi zamonaviy dizaynga ega bo‘ldi.

Butilka “etiketka bilan birga ishlaydi”, ya’ni ichimlikning o‘zi — asosiy qahramon, dizayn esa uning ta’mini kuchaytirib turadi.

Ishlab chiqilgan dizayn konsepsiyasi yangi ta’mlarga ham bemalol moslasha oladi va brend kapitali (brand equity)ni oshiradi.