ALMOS – Tojikiston bozori uchun qandolat mahsulotlari brendi va qadoqlash dizayni
- Mijoz: Almos (Tojikiston)
- Yoʻnalish: qandolat mahsulotlari
- Loyiha: toʻliq rebrending, logotip, qadoq dizayni, dizayn tizimi
- Muddat: 11-avgust — 11-noyabr (3 oylik qizgʻin mehnat)
1. Muammo
- Biznesda shunday holatlar boʻladiki, korxona yillar davomida toʻxtovsiz ishlaydi, mahsulot tonnalab sotiladi, lekin bozorda hech kim asl ishlab chiqaruvchini tanimaydi. Tojikistonning yirik qandolat fabrikasi — Almos (bizning “Crafers” yoki “N’medov”larning analogi) aynan shunday vaziyatda edi.
- 2017-yilda ochilgan fabrika 7 yil davomida tinim bilmadi. Ammo faoliyati “tovoqni biz yalaymiz, oshni birov yeydi” maqoliga juda mos kelardi. Nega?
- Gap shundaki, shu kungacha fabrika faqat distribyutorlar va yirik ulgurji savdogarlar (optoviklar) buyurtmasi asosida ishlagan. Mahsulot “Almos”dan boʻlsa-da, narx siyosati, brendning taqdiri va savdo strategiyasi toʻliq distribyutorlar nazoratida edi. Fabrika oʻz mahsulotining xoʻjayini emas, shunchaki buyurtma bajaruvchisi edi xolos.
- 2025-yilga kelib, kompaniya rahbariyati jilovni qoʻlga olishga qaror qildi. 2026-yilda Tojikiston bozoridagi mavjud savdo nuqtalaridan Numerik distributsiya (Numerich Distribution)ni hozirgi ~17% dan ~67% ga olib chiqish maqsadini qoʻydi. Buning uchun ishlab chiqarishdan to savdo rastasigacha boʻlgan zanjirni nazorat qilish, narxlarni boshqarish va bozorda oʻz oʻrniga ega, raqobatchilarning “tishi oʻtmaydigan” kuchli BREND yaratish kerak edi.
- Ayni shu vazifani bajarish Minim jamoasi zimmasiga yuklandi.
2. Tadqiqot
- Bu kichik loyiha emas edi, bois biz agentligimizning naq 4 ta asosiy kuchini safarbar qildik:
- Marketing boʻlimi: bozor va raqobatchilarni tahlil qilish uchun.
- Brend dizayn boʻlimi: vizual yechimlar uchun.
- Kreativ boʻlim: gʻoya va matnlar uchun.
- Pechat (bosma) boʻlimi: qadoqning hayotda qanday chiqishini taʼminlash uchun.
- Barcha jarayonni tajribali proyekt menejerimiz dirijyor sifatida boshqarib turdi.
- Ishni odatdagidek ayni hamdagi holat va bozorni oʻrganishdan boshladik. Vaziyat achinarli edi: eski qadoqlarga qarasak, har bir mahsulot xuddi boshqa-boshqa fabrikadan chiqqandek tarqoq edi. Pryanik 360 grammli idishda bir dizaynda, 180 grammlisida umuman boshqacha dizaynda edi.
- Bizning oldimizdagi missiya — xuddi mashhur “Yashkino” brendi kabi isteʼmolchi doʻkon polkasiga qaraganda 10 metr masofadan taniydigan yagona dizayn tizimini (Visual System) yaratish edi.
3. Yechim: birinchi urinish
- Bizda mijozga nisbatan ham, oʻzimizga nisbatan ham shaffoflik birinchi oʻrinda. Shuning uchun ochigʻini aytamiz: birinchi urinishdayoq “nishonga urolmadik”.
- Dizaynerlarimiz tayyorlagan birinchi logotip va dizayn konsepsiyasi Minim’ning ichki Sifat nazorati boʻlimidan oʻtolmadi. Nega? Chunki biz mijoz bergan texnik topshiriq (TZ)dagi 8 ta muhim talabdan 2 tasi toʻliq ochib berilmaganini aniqladik.
- Shu bois jamoa bilan darhol breynshtorming oʻtkazdik. Xatolar tahlil qilindi, vazifalar qayta taqsimlandi va gʻoyani rivojlantirib, butunlay yangi konsepsiya yaratishga kirishdik.
- Bu qaror oʻzini oqladi: ikkinchi urinishda yaratilgan yechim mijoz kutuvlarini oqladi.
4. Yechim: ikkinchi urinish
- Tahlillarimiz davomida isteʼmolchi psixologiyasini oʻrganib, insaytlar topdik, ulardan biri:
- Xaridor uchun pryanik tanlashdagi eng muhim mezon (trigger) — bu uning yumshoqligi. Agar qadoqdagi mahsulot koʻzga qattiq, quruq yoki eskidek koʻrinsa, xaridor uni hech qachon savatchasiga solmaydi.
- Yangi dizayn aynan shu ogʻriqli nuqtaga davo boʻlishi kerak edi. Shunday qilib, bizning lentali uslubimiz dunyoga keldi:
- Mayinlik ramzi: qadoq dizaynida tilla, qizil va boshqa rangli lenta (tasma)lar ishlatildi. Bu oʻtkir burchakli, qattiq shakl emas, balki nafislik va mahsulotning ogʻizda erishini ifodalaydigan detal.
- Rang strategiyasi: shunchaki chiroyli rang emas, rastada “menga qara” deb baqirib turadigan, raqobatchilardan farqli rang kerak edi. Mijozimizga Pantone ranglaridan bir nechta takliflar berdik: tiffani (firuza) — yangilik va nafislik; qizil — ishtahaochar, klassik; yashil — tabiiylik; siyohrang — premium kayfiyat. Yakunda oʻziga xos moviy (Tiffany) rangida toʻxtaldik. Moviy rang polkada yorqin “pyatno” (dogʻ) hosil qiladi va xaridor nigohini magnitdek tortadi.
- Logotip: 17 yillik tarixga ega nom — Almos saqlab qolindi, lekin u zamonaviy shriftli koʻrinishga keltirildi. Qizil rang plashkasida yozilgan logotip eʼtiborni tortishga xizmat qiladi.
- Yagona dizayn tizimi: mahsulotlar faqat rasmi bilan emas, balki nom yozilgan plashka va lentalar rangi orqali ham farqlanadi.
5. Qoʻshimcha ishlar
- Quruq dizayn sotuvni oshirmaydi. Biz mahsulotni bozorga kirib borish (Trade Marketing) yoʻllarini ham chizib berdik:
- UTP (unikal savdo taklifi): oilaviy qadriyatlarga urgʻu beruvchi shior taklif etildi.
- Vizual kommunikatsiya: mahsulot kassa oldida, shou-boksda, gofra qutida va hatto brendlangan avtomobilda qanday koʻrinishi vizuallashtirildi.
- Kollaboratsiya (Cross-marketing): marketing byudjetini tejash maqsadida ajoyib yechim taklif qildik: 3/1 qadoqdagi qahva brendlari bilan hamkorlik. Kofe va pryanik — ideal juftlik. Bu hamkorlik “Almos”ga oʻz auditoriyasini tezroq topishga yordam beradi.
- Texnik tomon: biz Tojikiston va xalqaro reglamentlar asosida qadoqdagi barcha matnlarni (shtrix-kod, tarkib) tartibga keltirdik va QR-kod orqali saytga oʻtish tizimini joriy qildik.
Natija
- Boshlanishiga mijoz bizga faqat 3 ta mahsulot (pryanik 180/360 g va Vena vaflisi) bergan edi. Biz ishlab chiqqan dizayn tizimi mijozga maʼqul kelgani bois hamkorlik davom etdi va yana qoʻshimcha mahsulotlar (SKU) adaptatsiyasi uchun buyurtmalar berishdi.
- Yakuniy natija qandaydir noodatiy dizayndagi, vau-effektli nou-xau emas. Bu — bozorda oʻz funksiyasini bajaradigan, polkada turib mijozga “Meni sotib ol” deb ayta oladigan haqiqiy sotuvchi qadoq boʻldi.
- P. S. Tojikistonlik hamkorlarimiz bilan ishlab, tojik tilini ham ancha oʻrganib qoldik. Саломат бошед! 😉















