Luna — shokoladli batonchik qadoq dizayni
Luna (yeryong‘oqli shokolad) uchun yorqin va dinamik qadoq dizaynini ishlab chiqdik. Konsepsiya komikslardan ilhomlangan: agressiv tipografika, qora fon, batonchikning 3D-vizualizatsiyasi va rastada vizual ustunlik qilish uchun ikkita kontrastli qadoq.
1. Vazifa
Bizga mijoz murojaat qilganda mahsulot nomi tayyor edi — Luna, ammo uning vizual shakli yoʻq edi. Ishlab chiqaruvchilar yongʻoqli shokoladli batoncha uchun qadoq dizayni ishlab chiqish vazifasini bizga ishonib topshirishdi. Mahsulot bir zumda eʼtiborni tortishi, ishtahani ochishi va doʻkonlarda boshqa tamaddi mahsulotlaridan ajralib turishi muhim edi.
2. Tadqiqot
Vazifa oddiy emasdi. Birinchidan, mahsulot nomi dizayn konsepsiyasi uchun yoʻnalish berolmadi. Ikkinchidan, oʻsmirlarning oʻzi — qiyin auditoriya: ular koʻzlari bilan tanlashadi, yorqin narsalarni istashadi va eʼtiborlarini bir joyda ushlab tura olishmaydi. Bu yoʻnalishda raqobat ham yaxshigina rivojlangan: boshqa aksariyat mahsulotlarning dizaynlari oʻzini koʻrsata olgan.
Biz oʻsmir yoshdagilar doʻkonlarda oʻzlarini qanday tutishlarini, nimalarni eʼtiborsiz qoldirishlarini, nimalar ularning eʼtiborini tortishini oʻrgandik. Shu bois bu holatda hissiyotlar va vizual drayv koʻp narsani hal qilishini aniqladik. Yoshlarga yorqin rang, joʻshqinlik va mahsulotning ishonarli va “mazali” tasviri muhim.
3. Yechim
Yechim berishda yoshlarbop vizual tildan foydalanishga qaror qildik: geyming, superqahramonlar, komikslar, YouTube-grafika, ekshn mavzularidan foydalandik. Shu yerdan qadoq uslubini aniqladik.
Natijada agressiv tipografikali, biroz qiya joylashgan va ekshn yoʻnalishini ifodalaydigan logotip ishlab chiqdik. Undagi harflar goʻyo fonni qirayotgandek, hatto yoriq-yoriqli yogʻochni ham eslatadi. L va U harflarini unikal grafik belgi sifatida birlashtirdik.
Birgalikda yaxlit obraz hosil qiladigan ikkita kontrastli variant taqdim etdik.
• Birinchisi — iliq, quyoshli yorqin rangda.
• Ikkinchisi — koʻk, salqin va tetik rangda.
Ikki variantning borligi mahsulotga rastalarda koʻproq joy egallab turishiga xizmat qiladi. Bu vizual hukmronlik (ustunlik) strategiyasi raqobat katta bozorda dolzarb hisoblanadi.
Boʻlingan batonchaning 3D vizualizatsiyasi qadoqning muhim elementiga aylandi. Mazali shokolad, choʻzilayotgan karamel, butun yeryongʻoqlar — hammasi maksimal realistik va ishtahaochar koʻrinishda.
Qora fon kontrastni oshirishga va qadoq ajralib turishiga xizmat qiladi.
Natija
Darhol diqqatni tortadigan, yoshlar bilan ularning tilida “gaplashadigan”, tatib koʻrilishidan oldin mahsulot taʼmi haqida maʼlumot beradigan va brendga kengayish imkonini beradigan qadoq hosil boʻldi.
Agar sizning ham mahsulotingiz uchun samarali va eʼtibor tortuvchi qadoq dizayni kerak boʻlsa, Minim'ga murojaat qiling.








