Rash Milk: Ayron qadoq dizayni

Rash Milk: Ayron qadoq dizayni

Rash Milk ayronining qadoq dizayni ishlab chiqildi: chorvachilik manzarasining (tepaliklar, o‘tovlar) vizual metaforasi bilan toza, yengil tasvir. Ushbu dizayn do‘kon javonida ajralib turadi, yangilik va tabiiy tozalikni aks ettiradi hamda yozgi dam olish bilan bog‘liq tasavvurlarni uyg‘otadi.

  • Qadoq dizayni

1. Vazifa

Rash Milk brendi yangi mahsulot — ayron uchun qadoq dizayni ishlab chiqish vazifasi bilan agentligimizga murojaat qildi. Bizga shunchaki chiroyli dizayn emas, balki soflik, tabiiy salqinlikni ifodalaydigan obraz ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi. Ayron qadogʻi yengillik, yoz fasli va faol hordiq chiqarishga assotsiatsiya berishi kerak edi.

2. Tadqiqot

Biz bozorni oʻrganib, aksariyat ayron va umuman sut mahsulotlari bir xil ekanining guvohi boʻldik: sovuq ranglar, standart shakllar, vizual jihatdan steril dizaynlar. Bunday raqobat sharoitida ajralib turadigan va bir qarashdan mahsulotni tatib koʻrishga undaydigan “tirik”, emotsional obraz yaratish kerak, degan xulosaga keldik.

3. Yechim

  • Biz yozgi pastoral peyzaj, yaʼni yaylovlar aks etgan tasvirga butun eʼtiborimizni qaratdik.
  • Qadoqda — yashil tepaliklar, musaffo osmon, oʻtovlar va ot yoki sigir tasviri. Bularning hammasi erkinlik, kenglik va toza havo hissini beradi.
  • Ranglar gammasi oq, mahsulot tabiiyligini bildiruvchi yashil va koʻk ranglar birlashmasi asosida tanlandi.
  • Mahsulot nomiga urgʻu qaratadigan logotip matnli koʻrinishda boʻlib, mavzuga oid shriftda amalga oshirildi.
  • Butun kompozitsiya asosiy gʻoya — issiq havoda chanqoqbosdi tabiiy ichimlik gʻoyasini ifodalashga qaratilgan.

Natija

Qadoq vizual jihatdan toza, yengil va ifodali boʻldi. Bu mahsulot raqobatchilar orasida sezilarli ajralib turadi, rastalarda tezda tanib olinadi hamda tabiat, yoz mavsumi va soflik taassurotini uygʻotadi.
Rash Milk ayroni sotuvlarga xizmat qiladigan dizaynda boʻldi. Dizaynning maqsadi ham aslida shunda — eʼtiborni tortib, mahsulot qiymatini potensial isteʼmolchilarga samarali yetkazish.

Kuchli dizayn bilan mahsulotingiz sotuvlarini oshirishni istaysizmi? Murojaat qiling va biz haqiqatda ish beradigan qadoq dizayni ishlab chiqamiz.