Oreon — mevali konfetlar uchun qadoq dizayni

Oreon — mevali konfetlar uchun qadoq dizayni

Oreon – shokoladli mevali konfetlar uchun qadoq dizayni

  • Qadoq dizayni

1. Vazifa

Bu safargi mijozimiz Tojikistondan murojaat qildilar. Yangi mahsulot — Oreon shokolad glazurli mevali konfetlari uchun qadoq dizayni ishlab chiqish kerak edi. Bu Tojikiston mahalliy bozori uchun mo‘ljallangan ommaviy FMCG mahsuloti: supermarket, do‘kon va bozorlarda sotiladi.

 Mavjud brendlar bilan raqobatlasha oladigan va bir qarashdan xaridor diqqatini tortadigan qadoq ishlab chiqish vazifasi bizga ishonib topshirildi. Iste’molchi rejalanmagan holda va bir necha soniyada qaror qabul qiladigan hozirgi zamonda qadoq quyidagi talablarga javob berishi muhim edi:

  • ta’m va turini aniq ifodalash;
  • Oreon brendini boshqalardan farqlab turish;
  • ishonish mumkin bo‘lgan va qayta-qayta murojaat qilinadigan brend obrazini shakllantirish.

2. Tadqiqot

Biz odatiy referenslarni o‘rganish bilan cheklanib qolmay, mavzuga chuqurroq kirdik — bu mahsulot do‘konda va xaridor qo‘lida qanday turishini ko‘rib chiqdik.

1. Kategoriya “klassika”ga to‘la

Shokoladli mahsulotlarning aksariyatida an’anaga ko‘ra alvon-tillarang tuslar ishlatiladi: naqsh va bezaklar to‘la, ammo unikallik kam. Natijada eng muhim bo‘lgan ta’mlar orasidagi farq haqida ma’lumot berilmaydi. Shu orqali biz xulosa qildikki, bir necha soniyada iste’moli ta’mni farqlab olishi uchun mevalarni birinchi planga chiqarish kerak.

2. Ta’mni yetkazish uchun binafsharang

Binafsharang — Tojikiston bozorida qandolat sohasida kamyob rang: yashil, sariq va qizil rangli mevalar bilan konflikt qilmaydi, aksincha, ularni yanada yorqin ko‘rsatib beradi. Real holatda ko‘zni qamashtirmagan holda xuddi yonib turgan chiroqdek ko‘rinadi.

3. Jonsiz bo‘lakchalar

Raqobatchilarda ko‘pincha mevalarning hech qanday qiymat bermaydigan stok rasmlari ishlatiladi. Xaridor qizil/sariq ranglarni ko‘radi, lekin ta’mni emas. Demak, mevalarni jonlashtirish kerak: bo‘laklar teksturasi, po‘stlog‘i, tolalarini va albatta konfetning tishlangan yoki bo‘lingan holatini ko‘rsatish — bunda miya qolganini o‘zi tasavvur qilib oladi.

4. Paket va konfet qadoqlari

Ko‘p uchraydigan xato: tashqi o‘ram yorqin bo‘ladi, ichidagi o‘rami — bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda xilma-xil qog‘ozda. Insayt: tashqi ko‘rinish har bir ichki o‘ramda ham qisman takrorlanishi kerak, aks holda, bir mahsulot lineykasi ekani tushunilmaydi va sifat hissi yo‘qoladi.

5. Dinamika va xaos

Ko‘pchilik brendlar diqqatni tortish uchun go‘yo “qichqirishadi” va qayta sotuvlarni “o‘ldirib” qo‘yishadi. Sababi — ortiqcha shovqin va ko‘zni charchatadigan dizayn. Bizda bitta qoida ishlaydi: dinamika bo‘lishi kerak, lekin ko‘zni charchatadigan kislota emas. Harakat — uchayotgan mevalar hisobiga, ortiqcha detallar hisobiga emas.

3. Yechim

Biz yagona vizual konsepsiya ishlab chiqdik:

  • Fon: mevalar yorqin ranglari bilan kontrast hosil qiluvchi va brendni boshqalardan farqlab turuvchi to‘yingan binafsharang tanlandi.
  • Grafika: meva va konfetlarning real 3D modellari — ichki ko‘rinishi bilan haqiqiyga o‘xshatib, yorqin tasvirlandi.
  • Dinamika: xuddi mevalar logotip atrofida portlab, har yerga sochilganday effekt ko‘rsatib berildi.
  • Logotip: qo‘lda yozilganday shrift yirik, hajmli va oson esda qolarli tarzda ifodalandi.
  • Ta’mlar xilma-xilligi: barcha assortiment yagona oilaga oidligini bildirish uchun barchasi umumiy tizim qoidalari asosida ishlandi, ammo o‘zgacha aksentlar va ranglar bilan farqlandi.

Natija

Mijozimiz brendni tojik bozorida darhol ajratib ko‘rsatuvchi va ta’mlarni birdan farqlovchi vizual kodga ega bo‘ldi — ya’ni apelsin, olcha va olma ta’mlari mahsulot tarkibini o‘qimasangiz ham ko‘rinib turadi. Tashqi va ichki o‘ramning yaxlit tizimi Yevropa sifati va kuchli brend hissini beradi. Ishlab chiqilgan konsepsiya yangi ta’m va formatlarga asosiy detallarini saqlagan holda qiyinchiliklarsiz moslashadi.