Demax — tish cho‘tkalari uchun yagona dizayn konsepsiyasi

Demax — tish cho‘tkalari uchun yagona dizayn konsepsiyasi

Demax tish cho‘tkalari liniyasi uchun yagona vizual konsepsiya ishlab chiqildi. Grafik nurlar tozalik va yangilikni ifodalovchi firma aksentiga aylanib, turli seriyalarni yagona taniladigan uslubga birlashtirdi. 

  • Qadoq dizayni

1. Vazifa

Demax tish cho‘tkalari uchun qadoq dizaynini ishlab chiqishni boshlaganimizda oldimizda turgan vazifa shunchaki chiroyli dizayn qilish emasdi. Turli xil seriyadagi mahsulotlarni bir nuqtada jamlaydigan tizim ishlab chiqish kerak edi. U brendga iste’molchi bilan bir tilda va unga tushunarli tarzda “muloqot qilish” imkonini berishi muhim edi.

2. Tadqiqot

Biz bozorni o‘rganib, quyidagilarni aniqladik: ko‘pchilik brendlarda dizayn turli xil — har bir cho‘tka o‘zicha hayot kechiradi. Bu qabul qilishni og‘irlashtiradi va brendga nisbatan ishonch uyg‘onishiga to‘sqinlik qiladi. Biz Demax uchun shunchaki ma’lumot beradigan emas, brend taniqliligiga hissa qo‘shadigan vizual kommunikatsiya kerak, degan xulosaga keldik.

3. Yechim

Biz bir nechta turdagi cho‘tkalarni bir yaxlit vizual oilaga birlashtiruvchi unifikatsiyalangan dizayn konsepsiyasini ishlab chiqdik.

  • Har bir lineyka uchun o‘z fon rangini tanladik — u mahsulotga qarab farq qiladi, shu bilan birga har bir rang yagona konsepsiyaga asoslanadi.
  • Asosiy element sifatida cho‘tka markazidan taralib turgan grafik nur effektidan foydalandik. Bu element mahsulot beradigan qiymat — energiya, soflik va ta’sir kuchining vizual metaforasi bo‘lib xizmat qiladi.
  • Demax logotipi yirik o‘qish oson qilib tasvirlandi, bu brend effektini oshiradi.

Natija

Yakunda Demax yagona vizual kodga ega bo‘ldi — endi brendni oson ajratib, tanib olish mumkin. Mahsulotlar turfa xil bo‘lsa-da, ular har xil brend mahsuloti sifatida qabul qilinmaydi, negaki yagona tizim ish bera boshladi. Mijoz esa brendni kuchliroq qiladigan va xaridorga tanlovni osonlashtiradigan brendga ega bo‘ldi.