Black Cap — pista qadog‘ining re-dizayni

Black Cap — pista qadog‘ining re-dizayni

Black Cap — Qoraqalpog‘iston hayoti va madaniyatidan ilhomlangan pista brendi. Yangi nom, xalqona obrazlar va o‘ziga xos vizual uslub uni har bir iste’molchiga yaqinlashtiradi.

  • Qadoq dizayni
  • Neyming
  • Logotip

1. Vazifa

Pista qadogʻini redizayn qilish uchun mijoz bizga murojaat qildi. Uning eski nomi — “Xit” madaniy xususiyatni ham, mahsulot xarakterini ham ifodalamasdi. Mijozimiz aynan Qoraqalpoq auditoriyasiga moslangan mahalliy brend yaratish istagini bildirdi. Ammo u tushunarli aydentika, tanib olinadigan uslubda boʻlishi muhim edi. Maqsad — mahalliy bozorda barcha uchun haqiqiy sevimli pista brendiga aylanish.

2. Tadqiqot

Biz isteʼmolchi tajribasini oʻrganishdan boshladik: pistani kim, qayerda va kimlar bilan chaqadi? Javobni xalqning oʻzidan topdik.
Koʻchada, hovlida, davrada, dam olish, serial koʻrish, baliq tutish paytida, ishdan keyin — pista xuddi ijtimoiy marosimga oʻxshaydi.

Biz boshqa muhim jihatlarni ham tahlil qildik:
• bu kategoriyada bir xil, fonida pista rasmi tushirilgan zerikarli qadoqlar koʻp;
• hech kim madaniy jihatga urgʻu qaratmagan;
• brendlarning katta qismi tabassum qilish va taniqlilikni oshirish uchun vizual sabablar ustida ishlamagan.

3. Yechim

Biz mahsulotga yangi nom berdik — Black Cap.

Bu nom bir vaqtning oʻzida:

• oson esda qoladi;
• qora qopqoq (tuzdon)ga vizual jihatdan ishora qiladi;
• fonetik jihatdan zamonaviy va kuchki jaranglaydi;
• asosiysi — mahalliy oʻziga xoslikni ifodalaydi, yaʼni qora bosh kiyim Qoraqalpogʻiston madaniyatining bir qismi hisoblanadi.

Illyustratsiya va qahramonlar
Biz bir nechta chizmalarni ishlab chiqdik, unda pista chaqish kundalik holatlari aks etgan qahramonlar koʻrsatildi.
Ular orasida:

• milliy paxta gulli finjon koʻtarib turgan yigit;
• Qoraqalpoq bosh kiyimidagi erkak kishi;
• geymer, qogʻozga solingan pistani ushlab turgan qiz, choyxonada toʻplangan yigitlar, oila davrasi va hatto oʻqimishli bola — bularning barchasi brendning mahalliy oʻziga xosligini ifodalaydi.

Har bir qahramon — real hayotdan olingan obrazlar.
Bu qadoqni insonlarga yaqin va qadrli qiladi, rastalarda qiziqish uygʻotib, koʻproq tomosha qilishga va qahramonlar orasidan oʻzini izlashga undaydi.
Rang va farqlanish

• Koʻk qadoq — tuzli pista
• Sariq qadoq — tuzsiz pista

Ranglar tizimi yorqinligi, oson ajralib turishi, hissiyot berishi jihatidan tanlangan.
Bunday vizual yechim har qanday fonda osongina koʻrinib turadi.
Ikonka va semantika
Xaridorlarga tushunarli boʻlishi uchun biz 3 ta belgi va yozuv qoʻydik:

• Yetilib pishgan — xomashyo sifatini bildiradi
• Sifatli qovurilgan — jarayon haqida maʼlumot beradi
• Saralangan donlar — mijozga nisbatan alohida eʼtiborni ifodalaydi

Bularning barchasi ishonchni oshiradi, qadoq esa shunchaki idish emas, brendning oʻziga xos ohangini tashuvchi reklamaga aylanadi.

Natija

Redizayn mijozimiz va fokus-guruhga maʼqul keldi:
— “Bunaqasi hali bozorda yoʻq!”
— “Personajlarni tomosha qilib charchamaysiz”
— “Nihoyat brend oʻz xarakteriga ega boʻladi”.

Yangi qadoq tez orada ishga tushadi, birinchi partiya Qoraqalpogʻiston bozoriga chiqishga tayyor.
Biz esa Black Cap brendiga nafaqat Nukus shahrini, balki boshqa shaharlarimizni ham egallashini tilab qolamiz.