Doctor Ali — salomatlik eliksiri uchun qadoq dizayni

Doctor Ali — salomatlik eliksiri uchun qadoq dizayni

"Alibobo X.O" (salomatlik eliksiri) uchun premium va funksional qadoq dizaynini ishlab chiqdik. "2 tasi 1 da" formati, namoyish uchun oynalar, tilla naqshli to‘q yashil fon va ergonomik tutqich qadoqni ishonchni oshiruvchi zamonaviy aksessuarga aylantirdi. 

  • Qadoq dizayni

1. Vazifa

Mijozimiz Doctor Ali brendi yangi “Alibobo X.O” nomli mahsuloti uchun qadoq dizayni ishlab chiqish vazifasi bilan agentligimizga murojaat qildi. Oldimizda bir qancha muhim vazifalar turgandi:

  • “2 tasi 1 da” formatini taklif etish (bitta o‘ramda 2 ta butilka);
  • mahsulotning tabiiyligi va premium sifatini ko‘rsatish;
  • o‘ramni tashish uchun qulay holatda ishlab chiqish;
  • qadoq dizayni orqali mahsulotni zamonaviy uslubdagi aksessuarga aylantirish, xuddi Red Bull kabi qo‘lda ushlab turganda faxr hissini uyg‘otadigan qilish.

2. Tadqiqot

Ishni avvalambor “Alibobo X.O” mahsulotini batafsil o‘rganib chiqishdan boshladik — u immunitetni mustahkamlovchi, organizmni toksinlardan tozalovchi, jigar va buyraklar faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi, ovqat hazm qilish va qon aylanish tizimlarini yaxshilovchi, stressni ketkazuvchi, uyquni me’yorlashtiruvchi va ko‘z nurini tiklovchi xususiyatlarga ega ekan.

Biz qadoqda mana shu afzalliklarni ko‘rsatib berishimiz va xaridor salomatligiga g‘amxo‘rlik ko‘rsatilishi hissini yetkazishimiz kerak edi.

Biz detoks va boshqa ichimliklar bozorini ham o‘rganib chiqdik.

  • Ko‘plab brendlar butilkani to‘liq qadoq ichiga joylashtirib, mahsulot bilan ilk tanishish imkoniyatini yo‘qqa chiqarishadi.
  • Boshqalari esa mahsulotni shunchaki o‘ramsiz taqdim etishadi va unga premiallik hissini bera olishmaydi.

Xulosa: ochiq mahsulot va premium qadoq o‘rtasidagi oltin o‘rtalikni topish muhim.

3. Yechim

Biz chiroy va funksionallik uyg‘unlashgan qadoq ishlab chiqdik:

  • tayyor o‘ram darchalari ichimlikning tabiiy rangi va butilkaning nafis shaklini ochiq ko‘rsatib turadi;
  • baxmal yashil rang tillarang bo‘rtmalar bilan birga salomatlik, kuch-quvvat va premium sifat haqida tasavvur uyg‘otadi;
  • gofrakarton konstruksiyasi o‘ram mustahkam bo‘ldi va imkon qadar kamxarj qilib ishlab chiqildi;
  • korobkaning ergonomik qulay dastasi tufayli uni aksessuar kabi ko‘chalarda ochiq-oydin olib yurish mumkin;
  • qadoqda mahsulot haqida ma’lumotlar va uning asosiy foydalari aks ettirildi (immunitet, garmoniya, organik, energiya va b.), bu yozuvlar xarid qilishdan oldin iste’molchilarda ishonch uyg‘otadi.

Natija

“Alibobo X.O” eliksiri nafaqat mahsulotni himoya qiladigan, balki sotuvlarga xizmat qiladigan o‘ramga ega bo‘ldi. Yangicha yondashuv tufayli endi ushbu ichimlik salomatlik uchun mo‘ljallangan premial balzam sifatida qabul qilinadi, xaridorlar esa tabiiylik tarafdori va sog‘liqlariga befarq bo‘lmagan odam sifatida uni ko‘cha-kuyda uyalmay olib yurishadi. Mijozimiz uchun ham ishlab chiqilgan qadoq karrasiga foydali bo‘ldi: material xarajatini kamaytirgan holda 1 tada 2 ta mahsulot sotish formatini joriy qilish imkoni paydo bo‘ldi.