Aleey – Kir yuvish kukuni uchun brending

Aleey – Kir yuvish kukuni uchun brending

Aleey kir yuvish kukuni uchun to‘liq brending: neyming, qadoq va iforlarning hissiy kuchiga urg‘u beruvchi maskotlar.

  • Qadoq dizayni
  • Neyming
  • Logotip

1. Vazifa

Bu safar oldimizda kir yuvish kukuni uchun "noldan kalitgacha" tamoyili asosida yangi brend yaratish vazifasi turgandi, ya’ni nom, logotip, qadoq dizayni va hatto sayt ishlab chiqish. Mijozimiz qo‘ygan asosiy talab — mahsulot do‘konlarda darhol ajralib turishi, xaridor bilan hissiy aloqa o‘rnatishi va brendning asosiy afzalliklarini ochib berishi kerak.

2. Tadqiqot

Odatga ko‘ra, biz ishni mahsulotni o‘rganishdan boshladik. Bu jarayonda uning asosiy afzalligi hidida ekanini aniqladik — atirgul va lavanda. Maishiy kimyo kategoriyasida mahsulotning ifori o‘ta muhim omil hisoblanadi.

Tadqiqotlar ko‘rsatishicha:

  • xaridorlarning 72 foizi uchun kir yuvish kukuni yoki konditsionerini tanlashda ularning hidi har qiluvchi ahamiyat kasb etadi (Nielsen);
  • lavanda va atirgul iforlari "uy parvarishi" segmentida eng talabgir iforlarning top 5 taligiga kiradi;
  • xaridorlarning yarmidan ko‘prog‘i nafaqat mahsulot samarasiga, balki yuvilgandan keyingi beradigan hissiyotiga ham ahamiyat beradi, ya’ni bu bevosita uning hidiga bog‘liq holat.

Raqobatchilarni o‘rganishda esa biz quyidagilarni aniqladik: ko‘plab brendlar mahsulot funksionali — dog‘larni ketkazishi, oqartirishiga ko‘proq urg‘u qaratadi. Ammo shu bilan muhim emotsional jihatni — mahsulot ifori beradigan kayfiyat va hissiyotni qo‘ldan chiqarishadi.

Xulosa: mahsulotning kuchli pozitsiyasi bor — brend aydentikasini aynan iforlarga asoslanib qurish mumkin.

3. Yechim

Neyming

Biz taklif etgan Aleey nomi o‘zbekcha "Oliy" so‘zi asosida hosil qilingan. U brendning mukammallik, yuqori sifat va oliy cho‘qqilarga erishish istagini va brend sifatidagi shunday pozitsiyasini ifoda etadi.

Logotip

Biz matn ko‘rinishidagi sodda, mayin liniyali va yengil dinamikaga ega logotip ishlab chiqdik. U zamonaviy ko‘rinishda, turli formatlarga oson moslashadi va uzoqroq masofadan ham yaxshi o‘qiladi.

Qadoq dizayni

Qadoqlar asosan 3 ta hajm formatida ishlab chiqildi — 250 g, 900 g va 1800 g. Iforlar ranglar asosida ajratildi:

  • atirgul ifori qizil-ko‘k tuslarda bezatildi,
  • lavanda ifori esa s binafsha-ko‘k ranglarda.

Vizual yechim  yengil va sof ko‘rinishga ega bo‘ldi, bu qadoqni rastalarda e’tiborni jalb qilishiga xizmat qiladi.

Maskot (qahramonlar)

Iforlarga alohida e’tibor qaratish maqsadida ularni tasvirlab turuvchi qahramonlar ishlab chiqdik:

  • Atirgul — qizil ko‘ylak kiygan mallasoch qizaloq romantika va nafosat timsoli;
  • Lavanda — och siyohrang ko‘ylak kiygan binafsharang sochli qizaloq muvozanat va xotirjamlik timsoli.

Bu qahramonlar brendga emotsional tus berdi va mahsulotni xaridorlarga yanada yaqinlashtirdi.

Natija

  • Aleey to‘laqonli vizual tizimga ega bo‘ldi: neyming, logotip, qadoq, sayt va hatto qahramonlar.
  • Mahsulot to‘g‘ri ishlangan dizayn va kuchli emotsional jihati tufayli do‘konlarda ajralib turadi.
  • Qahramonlar brend taniqliligini oshirdi hamda uni do‘stona va esda qolarli qildi.
  • Hatto FMCG sohasida ham faqatgina funksional ustiga emas, hissiyot ustiga brend qurish mumkinligiga Aleey yaqqol misol bo‘ldi.