Onur — go‘shtli yarimtayyor mahsulotlar uchun neyming va qadoq dizayni
Onur – go‘shtli yarimtayyor mahsulotlar uchun neyming va qadoq dizayni
1. Vazifa
Mijomiz bizga murojaat qilib, go‘shtli yarimtayyor mahsulotlar (tovuqli va go‘shtli kotletlar)ni O‘zbekiston raqobat bozoriga olib chiqish va tezda auditoriya ishonchini qozonish istagini bildirdi. Bu segmentda aynan ishonch muhim hisoblanadi, narx esa ikkinchi darajali ahamiyatga ega. Ushbu keysda to‘g‘rilik, tabiiylik va islom me’yorlariga mos bo‘lgan nom va qadoq ishlab chiqish asosiy vazifamiz bo‘ldi.
2. Tadqiqot
Biz kategoriya bo‘yicha chuqur o‘rganish olib bordik va uchta muhim insayt oldik:
- Euromonitor (2021) ma’lumotlariga ko‘ra, O‘rta Osiyoda xaridorlarning 72% mahsulotning halolligiga ishonch hosil qilishsa, ko‘proq pul to‘lashga tayyor bo‘lishadi.
- “Shar’iy qoidalar asosida” markirovkasi shunchaki bezak emas, balki xaridga undaydigan asosiy trigger. Halal Market Report (2022) tadqiqoti ko‘rsatishicha, muayyan qadriyatlarga tayangan markirovkali qadoqlarning qayta sotuv bo‘lishi ehtimoli 35% ko‘proq.
- Raqobatchilarda vizual shovqin. Ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilar dizaynda yorqin, og‘ir yechimlar ishlatishadi. Ammo juda kam hollarda tizimli brend qurishadi.
Yuqoridagi ma’lumotlar asosida xulosa qildik: nishaga qadoqni ortiqcha detallarga to‘ldirmaydigan, ammo halollik va zamonaviylikni ifodalaydigan dizaynli brend kerak.
3. Yechim
Neyming
Biz Onur nomini taklif qildik. Turk tilidan bu so‘z “qadr-qimmat”, “qiymat”, “obro‘-e’tibor” degan ma’nolarni anglatadi. Harvard Business Review (2020) yozishicha, nomi madaniyat va qadriyatlarga asoslangan brendlarga nisbatan ishonch 23% ga ko‘proq bo‘ladi.
O‘zbek bozori uchun bu nom nishonga uradigan bo‘ldi: u halollik va to‘g‘rilik, hurmat-e’tiborga assotsiatsiya beradi, an’anaviy prinsiplarga rioya qilinishini ta’kidlaydi.
Logotip
Tabiiylik va jonlilikni ko‘rsatish uchun logotip qo‘lyozma usulida amalga oshirildi. Yashil rang mahsulot sofligi va tabiiy kelib chiqishini ko‘proq bildirib turadi. “Shar’iy qoidalar asosida” maxsus yozuvi ishonchni yanada oshiradi va rastalarda mahsulotni darhol ajratib ko‘rsatadi.
Qadoq dizayni
Biz birdaniga uchta biznes-vazifani hal qiladigan tizim qurdik:
- Shaffof qadoq. Qadoqdagi toza kompozitsiya va mahsulotning qador ortidan haqiqiy ko‘rinishi brendning to‘g‘riligini yana bir bor ta’kidlaydi.
- Halollikka urg‘u. Maxsus ikonka va yozuvlar brend qadriyatlarini ko‘rsatib turadi.
- Assortiment bir xilligi. Barcha mahsulotlar yagona tizimga asoslangan, ammo ranglariga ko‘ra farqlanadi: yashil (tovuq), sariq (pishloqli tovuq), to‘q yashil (mol) va hokazo.
Natija
Onur brendi ishonch uyg‘otuvchi va an’anaviy me’yorlarga rioya qilinishini ta’kidlovchi kuchli nom, logotip va qadoq dizayniga ega bo‘ldi. Yangi brend bu dizayn bilan dadil bozorga kirib bordi va o‘z xaridorlariga ega bo‘ldi.
Qadriyatlarga asoslangan, iste’molchiga hurmat-e’tibor ko‘rsatadigan kamsonli brendlar soni yana bittaga ko‘payganidan va bunga bizning ham hissamiz qo‘shilganidan xursandmiz.









