Gurung Snacks: Madaniy kodga ega snеklar uchun qadoq dizayni
Gurung Snacks ("muloqot ta'mi") brendi O‘zbekiston madaniy kodi va futbol mavzusi (JCh-2026) asosida ishlab chiqildi. Futbolchi-qahramonlar aks etgan anime uslubidagi dizayn va kolleksion kartochkalar orqali geymifikatsiya qayta xarid qilishni hamda milliy g‘ururni rag‘batlantiradi.
1. Kirish
O‘zbekistonda “Gurung” degan so‘z bor. Bu shunchaki suhbat emas — bu do‘stlar bir joyga yig‘ilib, choynak yonida yoki qo‘lida urug‘li paket bilan o‘tiradigan lahzadir. Shu yerda yangiliklar aytiladi, futbol haqida bahs ketadi, hazillar kulgiga aylanadi. Gurung — bu do‘stlik, energiya va jonli muloqotdir.
Biz shu iliq muhitni Gurung Snacks brendiga aylantirdik — milliy taomlar liniyasi: qurut, urug‘, yong‘oq, pista va guruchli snaklar. Oddiy, ammo har doim yonimizda bo‘ladigan va har bir suhbatga hamroh bo‘ladigan mahsulotlar.
2025-yil mamlakat uchun tarixiy bo‘ldi: O‘zbekiston terma jamoasi ilk bor Jahon chempionatiga chiqdi. Biz bu g‘alabani “gurung” madaniyati bilan bog‘lab, futbolchilarni brend qahramonlariga aylantirdik. Qadoqlarda ular anime va komiks uslubida jonlanadi — jasur, harakatchan va g‘alaba ruhida.
2. Insayt
O‘zbekistonda futbol shunchaki sport emas — bu haqiqiy gurung: odamlar yig‘ilib, bahslashadi, kuladi, his-tuyg‘ularini bo‘lishadi. Shu jonli muloqot Gurung Snacks brendining mohiyatini mukammal aks ettiradi.
Bizning g‘oya oddiy: Gurung Snacks = birgalikdagi lahzaning ta’mi. Qanday qilib futbol muxlislarni birlashtirsa, shunday qilib Gurung snaklari ham do‘stlarni bir stol atrofida to‘playdi.
3. Dizayn Konsepsiyasi
Biz milliy gurung madaniyatini futbol g‘alabasi bilan birlashtirdik. Futbolchilar yangi avlodning qahramonlariga aylandi — yorqin, energiyaga to‘la, ilhom baxsh etuvchi obrazlar. Ularning tasvirlari qadoqlarda anime va komiks uslubida ishlangan — yosh auditoriyaga yaqin va zamonaviy ko‘rinishda.
Yoshlarni jalb qilish uchun biz geymefikatsiya elementini qo‘shdik — futbolchilar suratlari tushirilgan kolleksion kartalar. Ularni to‘plash, almashish va solishtirish mumkin, o‘z “jamoangizni” yaratish imkonini beradi. Shunday qilib, oddiy tamaddi o‘yinga, madaniyat va futbolning bir qismiga aylanadi.
Nega bu muhim
- Madaniy kod — brend milliy gurung an’anasini zamonaviy futbol estetikasi bilan birlashtiradi.
- Yoshlar ishtiroki — kartalarni to‘plash jarayoni xaridorlarda qiziqish va qayta xarid qilish istagini kuchaytiradi.
- Milliy faxr — O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatidagi ishtiroki brend hikoyasining bir qismiga aylandi.
- Emotsional brending — Gurung Snacks mahsulotdan chiqib, muloqot va jamoaviy g‘urur timsoliga aylanadi.
- Biznes imkoniyatlari — fastfud tarmoqlari, sport brendlari va futbol akademiyalari bilan hamkorlik qilish salohiyati.
Gurung Snacks — bu shunchaki snak emas. Bu do‘stlik, energiya va milliy g‘ururning timsoli. Oddiy tamaddi emas — bu gurungning o‘zi, odamlarni birlashtiradigan jonli muloqot.














