Onega — Belarus brendiga pista mahsuloti uchun qadoq dizayni
Belarusning “Onega” brendini ko‘pchilik polkalardagi chipslari orqali yaxshi taniydi. Ular bizga yangi mahsulot — pista qadog‘i dizaynini ishonib topshirishdi. Lekin bitta shart bilan: chipslardagi korporativ uslub (фирменный стиль)dan bir chetga chiqmaslik kerak edi.
1. Muammo va vazifa
Odatda yangi mahsulot uchun yangicha va erkin konsepsiya qilish osonroq. Lekin bu yerda vazifa boshqacha edi: xaridor polkada pistani ko‘rganida ko‘z oldiga darhol o‘sha o‘zi bilgan “Onega” chipslari kelishi kerak. Ya’ni pista va chipslar bitta brendga oid mahsulotlar ekani yaqqol bilinishi kerak edi.
2. Tadqiqot
Bozordagi pista qadoqlarining aksariyati bir xil qolipda: yo qora (kulrang) qadoq, yoki bahaybat zerikarli kungaboqar gulining rasmi. “Onega”ning asosiy vizual quroli esa yorqin qizil rang va tanilishi oson bo‘lgan logotip. Biz ana shu dala manzaralari va qora ranglardan qochib, bor e’tiborni mahsulotning o‘ziga, ya’ni pistaning chaqilgan tillarang mag‘ziga qaratishni lozim topdik.
3. Yechim
Dizaynda to‘g‘ridan to‘g‘ri “Oltin pista” konsepsiyasini qo‘lladik.
- Asosiy fon uchun brendning o‘sha mashhur, e’tiborni tortadigan va ishtahani ochadigan qizil rangini oldik. Katta qilib oq rangli yirik “Onega” logotipini joyladik.
- Qadoqning qoq markaziga giper-realistik 3D formatdagi, chaqilgan pistani joylashtirdik. E’tibor bering, yorilgan qobiq ichidan xuddi tilladek yaltirab turgan yirik mag‘iz chiqib kelyapti, atrofidagi mayda tuz zarralari esa ishtahani ochishga xizmat qiladi.
- Qadoqning eng pastki qismiga tillarang-jigarrang tusdagi pistali naqshlarni (pattern) ko‘rasiz. Bu oddiygina ko‘ringan detal umumiy dizaynga premium ruh bag‘ishladi.
- Qadoqning orqa qismiga maza qilib pista chaqib hordiq chiqarayotgan yoshlar illyustratsiyasini qo‘shdik. Axir pista chaqish shunchaki oddiy jarayon emas, bu o‘ziga xos relaks!
Natija
Mijozning asosiy talabi — chipslarning dizayn-kodidan chiqib ketmaslik sharti to‘liq bajarildi. Endi supermarket rastalarida, mashhur Belarus chipslari yonida pistalar ham turibdi. Dizayn brendning qadrdon qiyofasini saqlab qoldi va eng muhimi, polkada ko‘rganda xaridorning beixtiyor qo‘li cho‘ziladigan darajada jozibali chiqdi.







