11.11.2022
Brendni joylashtirish
Brend bozorga chiqishidan oldin, u kim uchun ishlashi va raqobatchilardan nimasi bilan farq qilishini aniqlab olishi kerak — odatda bularning barchasi bozorda mavjud bo‘lgan eng katta o‘yinchidan kelib chiqib aniqlanib olinadi.
Masalan, Coca-cola va Pepsi bunga dalil bo‘la oladi — Coca-cola o‘zini oilaviy, baxt va muhabbat haqidagi gapiradigan brend sifatida ko‘rsatsa, Pepsi aksincha yoshlarga mos, dangal, sport va faolliklarga yaqin brend sifatida rivojlanishga harakat qiladi.
Yoki boshqa misol — McDonald’s hamda Burger King. McDonald’s ezgu brend, u oilaviy qadriyatlar haqida gapiradi, Burger King esa o‘zini isyonkor, botir, yosh yigitlarga o‘xshab tutadi, joyi kelsa qo‘polroq hazil ham qilib qo‘yishi mumkin.
Brendni raqobatchilardan farqlab, uning maqsadli auditoriyasini aniqlab beradigan omil “pozitsiyalash” deb ataladi.
Bundan ancha yil oldin brendlar pozitsiyasini qandaydir texnika UTP lar atrofida qurishgan, masalan, avtomobil ishlab chiqaruvchilarining biri bizda eng qulay o‘rindiqlar bor desa, boshqasi eng sifatli faralar bilan maqtangan.
Taxminan 1980-yillarga kelib odamlar oddiy UTP endi ishlamaydi degan fikrga kelishgan. Shunda brendlar bir-biriga juda o‘xshash mahsulot ishlab chiqarishsa ham, ularning xarakteri, ovozi, kayfiyati va pozitsiyasi har xil bo‘lishi mumkinligini tushunib yetishgan.
Shundan beri brendlar nafaqat o‘z mahsulotlariga, balki o‘zlarining “yuzlari”, pozitsiyalariga sarmoya kiritib, uni borgan sari o‘ziga xos qilishga urinib kelishadi.
Shuning uchun bugun McDonald’s bilan Burger King aslida deyarli bir xil burger qilishsa ham, ularning birida oilaviy, farzandi bor odamlar o‘tirsa, boshqasida oldiga yosh do‘stlar to‘dasi kelib ovqatlanishadi.
Minim sizga o‘ziga xos pozitsiyalashni yaratib, raqobatchilardan ajralib chiqishda hamda shu orqali sizning brendingizga yaqin bo‘lgan auditoriyani topishda yordam bera oladi.
Boshqa maqolalar
02.08.2024
Soyabon brendi: bu nima, nima uchun va kim uchun?
Umbrella brendingi o‘z identifikatorini mustahkamlamoqchi bo‘lgan va yagona nom ostida keng turdagi mahsulotlarni qamrab olmoqchi bo‘lgan kompaniyalar uchun kuchli strategiyadir. Ushbu maqolada biz soyabon brendingining asosiy jihatlarini, uning asosiy omillari va afzalliklarini ko'rib chiqamiz va ushbu strategiya sizning biznesingiz o'sishi va rivojlanishiga qanday yordam berishi mumkinligini bilib olamiz.
04.06.2024
Xususiy brend: Chakana savdo dunyosidagi yangiliklar
Chakana savdo dunyosida o'sib borayotgan tendentsiya mavjud - xususiy yorliqlardan (PLs) foydalanish. Savdoga bunday yondashuv chakana sotuvchilar uchun ham, ishlab chiqaruvchilar uchun ham yangi imkoniyatlar ochadi. Ushbu maqolada biz xususiy yorliqlar nima ekanligini, ular mamlakat iqtisodiyotiga qanday ta'sir qilishini, mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar uchun ijobiy va salbiy tomonlarini ko'rib chiqamiz, shuningdek, muvaffaqiyatli xorijiy xususiy yorliqlarga misollar keltiramiz.
28.05.2024
Xitoy tovarlarining O‘zbekiston bozoridagi muvaffaqiyatida brendingning o‘rni
So'nggi yillarda Xitoy Xalq Respublikasi iqtisodiyoti jahon miqyosida jadal o'sishni ko'rsatib, yalpi ichki mahsulot o'sishi va tashqi savdo bo'yicha jahon ro'yxatida ikkinchi o'rinni mustahkam o'rnatdi.