11.11.2023
MA qanday aniqlash mumkin va u nima uchun kerak?
Biznes mijozlarsiz ishlolmaydi, shuning uchun, har kuni sizdan xizmat yoki tovar sotib oladigan, “o‘zingizni” odamlaringizni tez va oson aniqlab olishingiz, biznesingiz uchun juda muhim omil.
“O‘zingizni” odamlaringiz bu sizning maqsadli auditoriyangiz. MA ni aniqlash uchun bir nechta aniq savol berib, portret, ya’ni, biznesdan xarid qilishga tayyor bo‘lgan insonlarning umumiy ko‘rinishini yaratib olishingiz kerak.
Masalan, Evos’ning MA — Anvar aka, u 35 yoshda, oyda bir necha marta oilasi bilan aylangani chiqadi, shunda ularni eng yaqindagi Evos’ga ovqatlanishga olib boradi.
Yoki Yandeks.Taksi auditoriyasi — Rustam, u 27 yoshda, shahar markazidagi xususiy kompaniya ofisida ishlaydi, o‘zi Parkentda, ijaraga olingan kvartirada yashaydi.
Bu auditoriyalarning har biri mahsulotdan qandaydir qiymat topadi — Anvar aka oilasini mazali, biroz bayramona ham qimmat bo‘lmagan joyda ovqatlantirishni xohlaydi.
Rustam esa har kuni ofisga yetib borgunicha ko‘chadagi taksichilarga manzilni tushuntirib o‘tirmasdan, qulayliklar bilan ishga yetib olishni xohlaydi va buning uchun 3-5 ming so‘m qimmatroq to‘lashga rozi.
MA QANDAY ANIQLASH MUMKIN VA U NIMA UCHUN KERAK?
O‘ylab ko‘ring, siz odamlarga qanday qiymat bera olasiz? Aynan qanday odamlarga?
Hozir bir necha daqiqa vaqtingizni mijozingiz portretini shakllantirishga qarating — u qachon uyg‘onadi, kim bo‘lib ishlaydi, necha yoshda, qancha pul topadi, qayerda nima bilan ovqatlanadi, oilasi bormi va qanday qiziqishlar bilan yashaydi.
Bu savollarga javob berish orqali siz auditoriyangizga chuqurroq sho‘ng‘ib olasiz, unga kommunikatsiyada qayerda, qanday va nima deyishni aniqroq bilib olasiz.
Boshqa maqolalar

10.11.2026
Qadoq dizaynini ishlab chiqish bosqichlari: Minim agentligi qanday ishlaydi?
Qadoq dizaynini buyurtma qilishdan oldin ishlab chiqaruvchi uch narsani bilishni xohlaydi: bu qancha vaqt oladi, u nimani koʻradi va qaysi paytda natijaga taʼsir qila oladi. Va natija biz uchun nega mijoz uchun boʻlgani kabi muhim ekanining izohi.

10.11.2026
Qadoqdagi fud-zona: foto, 3D yoki illyustratsiya?
Fud-zona koʻpincha dizaynerning didiga yoki suratga olish byudjetiga qarab tanlanadi, holbuki mahsulotga, lineykaga va qadoq xaridorga beradigan vaʼdaga qarab qaror qilish kerak. Quyida — texnikani vazifaga qarab qanday tanlash, har birining zaif joyi qayerda va rasm orqali qutida boridan koʻproq vaʼda bermaslik haqida.

10.11.2026
Uzum Market uchun qadoq: ekranda va yetkazib berilgandan keyin qanday sotish mumkin?
Uzum Market'da xaridor qadoqni faqat pul toʻlagandan keyin qoʻliga oladi. Quyida — asosiy savdo kanali marketpleys boʻlganda qadoq dizaynida nima oʻzgarishi haqida.