Broko — qandolat mahsulotlari lineykasi uchun neyming, logotip va qadoq dizayni
“Elit Konditer” qandolat fabrikasini bir oila — aka-ukalar va ularning qarindoshlari ochgan. Fabrika hamma narsani qila olardi: tartaletka, keks, brauni, ponchik, kruassan va shokolad. Lekin har bir mahsulot oʻz nomi va oʻz dizayni bilan chiqardi, xaridor esa bularning hammasini bitta ishlab chiqaruvchi qilayotganini bilmasdi. Fabrika yangi qoliplar olib kelib, yangi lineyka chiqarishga qaror qilganda, Xojiakbar aka Minim'ga keldi.
1. Muammo va vazifa
Turli-tuman nomlar oʻrniga butun yangi lineyka uchun bitta brend kerak edi:
- oson aytiladigan va katta brendga aylanish salohiyati bor nom;
- 15 grammlik kichik qadoqda ham, katta blokda ham birdek ishlaydigan logotip;
- har bir mahsulot va taʼmning oʻz yuzi bor, lekin butun rasta bitta oiladek oʻqiladigan qadoq.
2. Tadqiqot
Mayda pishiriqlar rastasi eng shovqinlilaridan biri: 15–30 grammlik oʻnlab yorqin “yostiqchalar”, hammasi kassa oldidagi impulsiv xarid uchun kurashadi. Qaror bir necha soniyada qabul qilinadi, narxlar esa deyarli bir xil.
Asosiy xulosamiz: bu kategoriyada eng yorqin emas, eng taniqli qadoq yutadi. Brendning oʻz rangi boʻlsa, xaridor uni nomini oʻqimasdan, koʻzi bilan topadi. Shuning uchun butun lineykani ushlab turadigan bitta firma rangiga tikdik.
3. Yechim
Neyming. Nom izlash ikki bosqichda bordi: mijoz uchun nom “qandolatchilarcha” jaranglashi va yillar davomida xizmat qilishi muhim edi. Javobni kompaniyaning oʻz tarixi berdi. Fabrikani aka-ukalar qurgan, shuning uchun nomni Bro (brothers — aka-ukalar) va Co (company — kompaniya) soʻzlaridan yasadik. Natijada Broko — “aka-ukalar kompaniyasi” tugʻildi. Qisqa, jarangdor, lotin va kirill yozuvida birdek oson oʻqiladi, ortida esa oila eng koʻp faxrlanadigan narsa turadi: birgalikda qurilayotgan ish.
Logotip. Sariq lentali qizil plashkada oq Broko harflari — ishonch va ishtaha uygʻotadigan klassik qandolat estetikasi. Uchta variantdan mijoz eng muvozanatlisini tasdiqladi.
Qadoq. Tizimni uchta elementga qurdik:
- Tiffani firma rangi — raqobatchilarning qizil-sariq rastasi orasida Broko'ni ajratib turadigan tiniq feruza fon.
- Taʼmni bildiruvchi qiya lenta: yashil — olma, toʻq sariq — apelsin, pushti — qulupnay, jigarrang — shokolad. Taʼm bir soniyada anglashiladi.
- Ishtahani ochadigan 3D fud-zona: yaltiroq nachinkali tartaletka, yonida olma, apelsin boʻlaklari yoki shokolad parchalari.
Tizim oson kengayadi: boshqa mahsulotlar uchun lenta rangini almashtirish kifoya, tiffani esa oʻzgarmaydi. Shu tariqa Tart Cake, Teddy Cake (ayiqcha-keks), Brownie, Brownie Rose va Flowers, Cup Cake, kruassan, plitka shokolad va 10 donalik katta bloklar paydo boʻldi.
Natija
Fabrika har xil nom va dizayndagi mahsulotlar oʻrniga bitta yuzli brendga ega boʻldi — yagona tizimda 15 dan ortiq SKU. Mijoz birinchi lineykani qisqa qilib baholadi: “Zoʻr chiqibdi” — va yangi mahsulotlar bilan kelishda davom etdi. 2026-yil yanvarida Broko katalogi uchun barcha qadoqlarni yigʻib berdik.
Broko: rastada koʻz bilan topiladigan feruza rang.
Mahsulotlaringiz koʻp-u, yagona brendingiz yoʻqmi? Minim agentligiga murojaat qiling.













