Garnet — yagona dizayn tizimi
So‘nggi paytlarda “O’rikzordan odam qochyapti, optom bozorlar o‘lyapti” degan gaplarni ko‘p eshityapmiz. Gap shundaki, xaridor onlaynga (Uzum va boshqa marketpleyslarga) o‘tib ketyapti. Oflayn bozorning siqilib borayotganini vaqtida payqagan tadbirkorlar esa allaqachon yangi to‘lqinga moslashib ulgurishdi. Ana shunday uzoqni ko‘ra bilgan mijozlarimizdan biri — Garnet brendi.
1. Muammo va vazifa
Bu jamoa avvallari O’rikzorda turli xil maishiy-xo‘jalik (xoztovar) mahsulotlarini viloyatlarga ulgurji sotish bilan shug‘ullangan. Ularning polkasida o‘nlab har xil brendlar bo‘lardi. Endi esa onlayn savdoga kirish vaqti keldi. Lekin marketpleysda birovning mahsulotini sotib uzoqqa borib bo‘lmaydi.
Oldimizga mijozning 25–30 xil turdagi (SKU) mahsulotlar lineykasini bitta umumiy, ham oflayn rastalarda, ham smartfon ekranida yaqqol ko‘zga tashlanadigan yaxlit dizayn tizimiga keltirish vazifasi qo‘yildi.
2. Tadqiqot
Xoztovar mahsulotlari qadog‘i odatda o‘ta zerikarli va pala-partish bo‘ladi. Onlayn marketpleysda esa xaridor mahsulotni kichkinagina rasm (miniatyura) orqali tanlaydi. Demak, yangi dizayn shunchaki chiroyli emas, balki kontrastli, toza va ma’lumotni xaridorga “chaynab” beradigan darajada tushunarli bo‘lishi kerak edi.
3. Yechim
Qilingan ishlar:
- Logotip: yorqin och yashil fon va qizil rangli “Garnet” yozuvidan foydalandik. Fondagi nur taratayotgan chiziqlar tozalik va energiyani bildirib, xaridorga ishonch bag‘ishlaydi.
- Qadoqlar tizimi: pergament qog‘ozidan tortib, pol yuvish lattalari va mikrofibra sochiqlarigacha bo‘lgan o‘nlab mahsulotlar bir oiladek ko‘rinish oldi. Yashil rang brendning asosiy DNKsi sifatida saqlandi, har bir mahsulot turi uchun esa aniq vizuallar va oson o‘qiladigan infografikalar qo‘shildi.
- Oflayn uchun qurollar: biz O’rikzorni ham unutib qo‘yganimiz yo‘q. Polkalar uchun maxsus “KERAKLI PAYTDA, KERAKLI YECHIM!” slogani tushirilgan shelftokerlar va do‘konlar uchun vizual roll-aplar tayyorlab berdik. Dizayn polkada o‘zini uzoqdan sotib turishi kerak.
Natija
Garnet brendi bitta o‘q bilan ikkita quyonni urdi. Ular O’rikzordagi optom savdoni ham saqlab qolishdi, ham Uzum orqali butun respublika bo‘ylab onlayn savdoni gurillatib yuborishdi. Endi ular birovlarning molini emas, balki yagona va kuchli vizual tizimga ega bo‘lgan o‘zlarining shaxsiy brendini sotishyapti.











