Esla — muzqaymoq brendi uchun neyming va qadoq dizayni
O‘zbekistonda muzqaymoq ishlab chiqaruvchi Zenit brendi bir vaziyatga duch keldi: yangi mahsulotni raqobatchilardan ajratib turadigan va uni madaniy qadriyatlar bilan hissiy jihatdan bog‘laydigan noyob aydentika yaratish kerak edi. Kompaniyaning hozirgi holati uning o‘ziga xosligini ifodalamaydi va mahsulotlarining yuqori sifatini aks ettirmas edi.
1. Vazifa
Bizning oldimizda yangi muzqaymoq lineykasi uchun neyming, logotip va qadoq dizaynini ishlab chiqish vazifasi turgandi.
Asosiy maqsad — shunchaki chiroyli qadoq emas, balki xaridor bilan hissiy aloqa o‘rnata oladigan, an’analarga asoslangan brend yaratish edi.
2. Tadqiqot
Biz ishni maqsadli auditoriya va bozorni sinchkovlik bilan tahlil qilishdan boshladik. Iste’molchilar bilan ularning istaklari va kutuvlarini tushunish uchun intervyular o‘tkazdik. Shirinlik, xususan muzqaymoq tanlashda an’analar va hissiy aloqalarning ahamiyatiga e’tibor qaratdik. Logotipning o‘zi brendning asosiy qadriyatlarini aks ettiruvchi sodda va esda qolarli bo‘lishi kerak edi.
3. Yechim
Olingan ma’lumotlar asosida biz kompleks yechimni taklif qildik. Neyming uchun o‘zbek tilidagi «Esla» nomini tanladik (Farruh Zokirovning mashhur qo‘shig‘idan ilhomlanib), bu xotira va o‘tmish bilan bog‘lanishni anglatadi. Vizual uslubda soflik va yengillikni anglatuvchi yumshoq feruza rangli fondan foydalandik.
Mahsulot turlari bo‘yicha dizayn yechimlari:
4. Stakanchik
5. Rozhok
6. Comic Cone
7. Double Element
8. Pancake
Natija
Yangi neyming, logotip, qadoq dizayni va marketing strategiyasi yordamida biz Zenit brendiga muzqaymoq bozorida o‘ziga xos pozitsiyani egallashga yordam berdik.
Shuningdek, biz brend uchun ajoyib marketing strategiyasini ham taklif qildik: bu muzqaymoqlarning tezda iste’mol qilinadigan kichik hajmda bo‘lishi g‘oyasi. Ushbu muzqaymoqlar qutilarda ham, chakana holatda ham sotiladi, bu esa iste’molchilarga o‘z farzandlari va yaqinlari uchun ko‘proq muzqaymoq sotib olish imkonini beradi.
Biz brendni an’analar va madaniyat bilan bog‘ladik, bu esa mahsulotni keng auditoriya uchun jozibador qildi.


























