MONDAY – O‘zbekistonda muzqaymoq brendi uchun ekspress brending
MVP mahsulot uchun 2 hafta ichida yaratilgan nom, logotip va raqobatbardosh qadoq dizayni.
1. Vazifa
Ba’zida mijozga yuzlab sahifali marketing tahlillari yoki uzoq muddatli strategiyalar emas, shunchaki “jangga kirish” uchun tezkor va aniq qurol kerak bo‘ladi. Mijozimiz yangi muzqaymoq liniyasini MVP — sinovdagi ilk mahsulot sifatida bozorga chiqarish arafasida edi.
Qo‘limizda Xitoydan namuna sifatida olingan bo‘sh idish va qisqa vaqt bor edi, xolos. Vazifa — 2 hafta ichida mahsulotga nom topish, logotip yaratish va uni bozor yetakchisi, ya’ni Top of Mind bo‘lgan “Shin-Line” hamda boshqa raqobatchilardan yaqqol ajratib turuvchi dizayn bilan “kiyintirish” edi.
2. Tadqiqot
Vaqt ziqligi sababli biz nazariy emas, amaliy izlanishga urg‘u berdik. “Ko‘z — tarozi” deganlaridek, eng to‘g‘ri javobni do‘kon peshtaxtalaridan izladik.
Polka tahlili
Muzlatgichlarni o‘rganish jarayonida shu narsa ayon bo‘ldiki, raqobatchilarning aksariyati bir-biriga o‘xshash va vizual jihatdan eskirgan uslubdan foydalanmoqda.
“Shin-Line” kabi brendlar bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lsa-da, ularning qadoqlari vizual jihatdan yangilikka muhtoj edi.
Differensiatsiya
Xaridor muzlatgichni ochganda uning nigohi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bizning mahsulotimizga tushishi kerak edi.
Buning uchun murakkab falsafa emas, balki yorqin ranglar va dinamik naqshlar o‘yini zarurligi aniqlandi.
3. Yechim
Biz “Ekspress dizayn” usulini qo‘lladik: ortiqcha dabdabasiz, lekin professional va estetik jihatdan mukammal yechim.
- Neyming — vaziyatdan tug‘ilgan strategiya: dastlab quyoshli kun va dam olishni anglatuvchi “Sunday” nomi ko‘rib chiqildi, ammo bu nom band edi. Tezkor qaror sifatida “Monday” varianti tanlandi. Dushanba haftaning eng og‘ir kuni degan stereotipga qarshi o‘ziga xos “shirin isyon” yaratildi. Kommunikatsion g‘oya: “Og‘ir dushanbani yengil va mazali muzqaymoq bilan boshlang”. Natijada qisqa, esda qoluvchi va pozitiv kayfiyat beruvchi brend shakllandi.
- Logotip: brend uchun zamonaviy va o‘qilishi oson shrift tanlandi. Grafik elementlarda suyuq topingning oqishini eslatuvchi shakllardan foydalanildi. Bu yechim logotipga mahsulot kategoriyasiga mos yumshoqlik va ishtahaochar xarakter berdi.
- Ranglar: “Fistashka” va “Vanil” ta’mlari uchun bir-biridan keskin farq qiluvchi yorqin palitra ishlab chiqildi. Ishtahani ochuvchi va energiyali rang yechimlari SKUlarni oson farqlashga hamda mahsulotning polkada “Shin-Line” va boshqa raqobatchilardan aniq ajralib turishiga xizmat qildi.
Natija
14 kun ichida “nomi yo‘q” mahsulotdan bozorga chiqishga tayyor to‘laqonli brend yaratildi.
Minimal vaqt va resurslar bilan professional natijaga erishildi. Qadoq dizayni muzlatkich vitrinasidagi vizual “shovqin” ichidan mahsulotni ajratib, xaridor e’tiborini o‘ziga tortadigan kuchli qiyofaga ega bo‘ldi.
Mijoz MVP mahsulotini bozorda dadil sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
“Yaxshi dizayn — bu imkon qadar minimal dizayn” degan tamoyil asosida biz murakkab bozorga ortiqcha yuk bilan emas, balki yengil, yorqin va pozitiv “Monday” brendi bilan kirib bordik.
Endi dushanba ham shirin bo‘ladi.
Siz ham qisqa vaqt ichida mahsulotingiz uchun kuchli nom, logotip va raqobatbardosh qadoq dizaynini yaratishni istasangiz, MINIM agentligi bilan bog‘laning.










