Layker – snek brendi uchun neyming va qadoq dizayni O‘zbekistonda
1. Muammo va vazifa
Snek bozori — FMCG (kundalik iste’mol tovarlari) sektoridagi eng impulsiv va raqobat kuchli bo‘lgan yo‘nalishlardan biri. Marketing tadqiqotlariga ko‘ra, xaridorlarning 70 foizdan ortig‘i snek sotib olish qarorini bevosita polka oldida, bor-yo‘g‘i 3–5 soniya ichida qabul qiladi. Bunday sharoitda, ayniqsa, xalqaro gigantlar bozorni egallab turgan bir paytda, yangi mahsulot polkada yaqqol ko‘zga tashlanishi va mijoz miyasida darhol qiziqish uyg‘otishi shart.
Mijozimiz oldimizga ulkan vazifa qo‘ydi: Markaziy Osiyoda tengi yo‘q, qariyb 2 gektar maydonni egallagan, to‘liq avtomatlashtirilgan hamda “ISO” va “Halol” sertifikatlariga ega zavodning yangi mahsuloti uchun kuchli brend poydevorini yaratish. Brendolog sifatida bizning maqsadimiz shunchaki chiroyli dizayn yaratish emas, balki savdoni generatsiya qiluvchi, xaridorni o‘ziga bog‘lovchi tijorat qurolini — neymingdan tortib qadoq dizaynigacha bo‘lgan yaxlit tizimni ishlab chiqish edi.
2. Tadqiqot va insaytlar
Loyihaning mohiyatini anglash uchun 6 oy davomida zavoddagi qaynoq jarayonlarning ichida yashadik. Haftasiga kamida bir marotaba ishlab chiqarish jarayonini, uskunalarni sozlash (pusko-naladka) ishlarini kuzatdik. Yevropa, Turkiya va Xitoydan kelgan texnologlar xavfsiz va takrorlanmas ta’mlar ustida kechayu kunduz ish olib borishdi.
Bizning asosiy insaytimiz: bugungi kun iste’molchisi doimiy ravishda yangi his-tuyg‘ularni qidiradi. Shu bois mahsulot lineykasi o‘ta jasur va noodatiy qilib yaratildi: klassik shashlik, paprika, krab va pishloqdan tashqari, bozorni “portlatuvchi” shokolad, saqich (bablgam), qaymoqli qulupnay, tuzlangan karamel, qizil ikra va hatto tuzlangan bodring ta’mlari! Bizga mahsulotning ta’m chegaralarini buzuvchi xarakterini ko‘rsatib beradigan dinamik yechim kerak edi.
3. Yechim
Ishni poydevordan — brendni to‘g‘ri nomlashdan boshladik. Bizga psixologiya va raqamli madaniyatning eng kuchli pozitiv triggeri kerak edi. Shu tariqa “Layker” nomi tanlandi. Bu shunchaki so‘z emas, bu ijobiy baho berish (layk), yoqtirish harakatini ifodalovchi nom. Neyromarketing nuqtai nazaridan “layk” tushunchasi inson ongostida qabul qilish va xursandchilik hissini uyg‘otadi. Bu nom barchaga birdek manzur bo‘ldi va yuridik jihatdan muvaffaqiyatli patentlandi.
Shundan so‘ng dizayner sifatida bu g‘oyani qadoq dizayniga ko‘chirdik:
- Kontrast va dinamika: polkada yaqqol ajralib turish uchun markazda toza oq fon qoldirib, uning atrofini har bir ta’mga mos o‘ta yorqin, to‘yingan ranglar bilan o‘radik (masalan, shokolad uchun yorqin ko‘k-binafsha, krab uchun pushti, tuzlangan bodring uchun yashil-sariq).
- Dadil vizual til: qadoq chekkalaridagi ekspressiv cho‘tka izlari (shtrixlar) va grafik elementlar brendning yosh, g‘ayratli ruhiyatini hamda ta’mdagi kutilmagan yangiliklarni o‘zida aks ettiradi.
- Fud-zona va ishonch: xaridor ishtahasini ochish uchun qadoqning old qismida sifatli qotgan non (suxarik) va asosiy masalliqning realistik suratlaridan iborat toza fud-zona yaratdik. Shuningdek, xaridorlar ishonchini mustahkamlash uchun Halol sertifikati belgisi eng ko‘rinarli qismga joylashtirildi.
Qadoq dizayni tasdiqlangach, brendning oflayn infratuzilmasini yaratdik. Statistikaga ko‘ra, to‘g‘ri joylashtirilgan POS-materiallar e’tiborni 30-40% gacha oshiradi. Shu bois shelftokerlar, voblerlar va maxsus narxnomalar tayyorlandi. Bundan tashqari, keng qamrovli brendbuk, distribyutorlar uchun katalog, tashqi reklama bannerlari, LED-ekranlar uchun video hamda qadoqlarning realistik 3D animatsiyalari ishlab chiqildi.
Natija
Olti oylik mehnat, to‘g‘ri tanlangan neyming va agressiv vizual strategiyamiz o‘z mevasini berdi. Bugungi kunda Layker nafaqat yuqori sifatli va noodatiy ta’mga ega snek, balki bozor gigantlari bilan bemalol raqobatlasha oladigan, polkada ko‘zga darhol tashlanadigan qadoqqa ega, qonuniy patentlangan kuchli brenddir. Markaziy Osiyodagi eng yirik avtomatlashtirilgan milliy loyihalardan birining dunyo yuzini ko‘rishida jamoamizning professional hissasi borligidan faxrlanamiz.
Sizning ham mahsulotlaringizga kuchli brending kerak bo‘lsa, Minim jamoasi bu borada kompleks xizmat ko‘rsatadi.











