XIT – yoshlar uchun pista brendi qadoqlash dizayni

XIT – yoshlar uchun pista brendi qadoqlash dizayni

  • Qadoq dizayni
  • Neyming
  • Logotip

1. Muammo va vazifa

Bu loyihada nomni mijozimizning oʻzi topib qoʻygan edi — “XIT”. Ichidagi mahsulot esa bozorda qadrlanadigan, Xitoyning “361” markali premium gibrid pistasi. Bu nav oʻzining yirik kalibri, uzunchoq shakli, oq yoʻl-yoʻl chiziqlari va qovurilganda beradigan oʻziga xos shirin, yongʻoqsimon taʼmi bilan ajralib turadi.

Asosiy vazifa — bunday yuqori sifatli mahsulotni shunchaki pista sifatida emas, balki yoshlar va zamonaviy isteʼmolchilarning diqqatini tortuvchi, polkada vizual ajralib turadigan, trenddagi brend sifatida qadoqlash.

2. Tadqiqot

FMCHG sneklar toifasini va pista bozorini tahlil qilish jarayonida biz quyidagi aniq insaytlarga asoslandik:

  • Kategoriyaning “koʻrinmas zonasi” (Blind spot): Bozordagi aksariyat pista qadoqlari bir xil vizual kodga ega — kulrang fong, qishloq xoʻjaligi motivlari va ulkan kungaboqar guli. Xaridor miyasi bunday bir xil shablonlarni avtomatik ravishda filtrlaydi va ular polkada bir-biriga singib ketadi. Impulsiv xaridni uygʻotish uchun bu andozani keskin buzish shart edi.
  • Isteʼmol madaniyatining oʻzgarishi: pista chaqish allaqachon koʻchadagi zerikarli mashgʻulotdan chiqib, geyming (kompyuter oʻyinlari), seriallar koʻrish va yoshlarning faol dam olish vaqtidagi asosiy snekka aylangan. Demak, auditoriya fermerlik estetikasiga emas, balki xayp, pop-art va strit-madaniyatga reaksiya qiladi.

3. Yechim

Biz bugungi kunning ommabop minimalizmidan ongli ravishda voz kechdik va boshqariluvchi maksimalizm strategiyasini qoʻlladik:

  • Yoshlar slengi va estetikasi: qadoq yuzasi oʻsmirlarning skeytbordlari yoki noutbuklaridagi “stiker-bombing” (stichker-bombing) uslubida bezatildi. Dinamik tipografika, shoʻx emojilar va “OK” ishorasi brendning “molodejnыy” xarakterini shakllantirdi.
  • Giper-realizm va kontrast: qadoqning markaziy qismiga pistalarning oʻta detallashtirilgan, yirik 3D tasviri joylashtirildi. Bazaviy fonning tartibsiz grafikasi fonida mahsulotning oʻzi yaqqol va ishtahaochar boʻlib ajralib turadi.
  • Mahsulot matritsasi (SKU): loyiha 2 xil taʼmga boʻlindi. Tuzli turi uchun energiyaga boy, keskin koʻk-feruza va qora ranglar kombinatsiyasi ishlatilgan boʻlsa, tuzsiz turi uchun yengilroq va sokin kayfiyat beruvchi och yashil hamda siren ranglar uygʻunligi tanlandi.

Natija

Arxitekturasi va dizayn yechimi boʻyicha “XIT” qadogʻi xalqaro darajadagi zamonaviy snek brendi qiyofasini oldi. Bu dizayn polkada oʻzini agressiv tarzda sotadi va raqobatchilar orasida mutlaqo ajralib turadi.

Loyihaning bozorga kirish strategiyasi sifatida dastlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi tanlandi. Bu hududdagi test-drayv mahsulotning vizual kuchini sinovdan oʻtkazish va keyinchalik butun respublika bozoriga masshtablashish uchun mustahkam tramplin vazifasini oʻtaydi.

Distribyutorlar uchun: standartlarni buzishdan qoʻrqmaydigan, rastada xaridor eʼtiborini 3 soniyada oʻgʻirlay oladigan “XIT” pistalari yangi hamkorlar uchun ochiq. Hududlardagi savdo tarmoqlariga kiritish va hamkorlik qiziq boʻlsa, bizga murojaat qiling — sizni ishlab chiqaruvchilar bilan bogʻlab qoʻyamiz.