Zenit Duet — ikki ta’mli muzqaymoq uchun qadoq dizayni
Muzqaymoq bozori — raqobat kuchli va tez o‘zgaruvchan segmentlardan biri. Zamonaviy iste’molchini hayron qoldirish uchun endi shunchaki yangi ta’mning o‘zi yetarli emas. Noodatiy format, o‘ziga jalb qiluvchi vizual qiyofa va kuchli emotsiya kerak. Biz Zenit brendi bilan anchadan beri hamkorlik qilib kelamiz. Navbatdagi loyihamizda ushbu brend uchun aynan shunday noyob formatdagi mahsulot — Duet muzqaymog‘i qadoq dizaynini ishlab chiqdik.
1. Muammo va vazifa
Zenit brendi bozorga mutlaqo yangi konsept olib kirdi: bitta butun muzqaymoq, ammo ikkita cho‘pi bor va u yengil harakat bilan o‘rtasidan ikkita alohida porsiyaga ajraladi. Bunda har bir bo‘lak o‘zining mustaqil ta’miga ega. “Bitta o‘q bilan ikkita quyonni urish” deb shunga aytiladi.
Yoshlar auditoriyasi uchun bu format o‘ziga xos nostalgiya va iliq hissiyotlarni uyg‘otadi. U mashhur “Naruto” animesidagi sahnani — qahramonlar qo‘shaloq muzqaymoqni aynan shunday o‘rtasidan bo‘lib, yaqinlik va mehr ramzi sifatida baham ko‘rishini eslatadi.
Bu format iste’molchiga ideal tanlov erkinligini beradi: muzqaymoqni va lazzatli lahzani do‘stingiz yoki yaqiningiz bilan bo‘lishishingiz mumkin, yoki hech kimga bermasdan, bir vaqtning o‘zida ikki xil ta’mdan bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Bizning vazifamiz — bu noodatiy va qiziqarli formatni xaridorga vizual tarzda to‘g‘ri tushuntirish edi. Xaridor qadoqqa qaraganda buni shunchaki bitta oddiy muzqaymoq deb o‘ylamasligi, balki uning sinishini va ikki xil ta’mga ega ekanligini darhol anglashi kerak edi.
2. Tadqiqot
Muzlatkichdagi muzqaymoq qadoqlarini o‘rganish jarayonida shuni angladikki, ko‘pchilik brendlar juda rang-barang, qichqiruvchi va detallarga boy fonlardan foydalanadi. Bunday vizual shovqin ichida yangi va notanish formatdagi mahsulotning mohiyati yo‘qolib qolishi aniq edi.
Agar biz ham fonni yorqin ranglarda qilsak, xaridorning diqqati eng asosiy jihatdan — muzqaymoqning ikkita cho‘pi borligidan va ikki xil ta’mdan iborat ekanligidan chalg‘irdi. Demak, dizaynni maksimal darajada tozalash va diqqatni faqat mahsulotning shakli hamda ta’miga qaratish kerak degan xulosaga keldik.
3. Yechim
Mahsulotning arxitekturasi va noyobligini ko‘rsatish uchun toza va ishtahaochar vizual yechimlarni qo‘lladik:
- Oq fon: muzqaymoq bozoridagi odatiy rang-barang fonlardan voz kechib, asosiy baza sifatida toza oq rangni tanladik. Oq rang muz va yoqimli salqinlik hissini berish bilan birga, markazdagi ikki rangli muzqaymoqning maksimal darajada bo‘rtib chiqishini va raqobatchilari orasida “yonib” turishini ta’minlaydi.
- Ishtahaochar food-zone: qadoqning asosiy qahramoni — o‘rtasidan sinadigan muzqaymoqning o‘zi. Biz uning real 3D modelini aynan ikkita cho‘p bilan, ikki xil rangda joylashtirdik. Birinchi variantda (qulupnay + shaftoli ta’mi) sariq va pushti muzqaymoq suv tomchilari bilan qoplangan sarxil mevalar qurshovida berildi. Ikkinchi variant (qora shokolad + sutli shokolad) esa ishtahaochar shokolad kubiklari bilan to‘ldirildi.
- Neyming va navigatsiya: mahsulot nomi “Duet” dinamik, erkin shriftda yozilib, unga metall kontur orqali premium yaltiroqlik berildi. Mahsulotning ishlash prinsipini so‘zsiz tushuntirish uchun esa “Klubnika+Persik” va “Dvoynoye udovolstviye v odnoy upakovke” yozuvlari diqqat markaziga joylashtirildi.
Natija
Zenit Duet muzqaymog‘i ortiqcha detallarsiz toza, yorqin va intuitiv tushunarli dizayni bilan raqobatchilar fonida keskin ajralib turadi.
Oq fon va detallashtirilgan fud-zona mahsulotning noodatiy shaklini — ikkita cho‘p va sinadigan formatni xaridorga hech qanday ortiqcha so‘zlarsiz tushuntirib beradi. Xaridor bu mahsulotni ko‘rishi bilan “Naruto”dagidek iliq sahnani takrorlash, ya’ni yaqini bilan bo‘lishish istagi yoki bir o‘zi ikki xil ta’mni tatib ko‘rish hissi uyg‘onadi. Bunday kreativ yondashuv Zenit brendiga yangi mahsulot bilan bozorda o‘z o‘rnini muvaffaqiyatli mustahkamlashga yordam berdi.
Siz ham yangicha dizayn bilan mahsulotingizni sotuvlar xitiga aylantirishni istasangiz, MINIM agentligi bilan bog‘laning.









