eng

                                                                                                                          Numa Rikki

Oʻzbekistondagi eng yirik biologik faol qoʻshimchalar ishlab chiqaruvchilaridan biri hisoblanadi.

Bizga esa brend yangi mahsuloti uchun aydentika yaratish maqsadida yuzlangan — bu mahsulot bolalar uchun antigelmintik vosita hisoblanib, mahsulot tarkibidagi antiparazitar kolosid moddasi nuridiydangizning ichki organlaridagi gijja va parazitlarga qarshi samarali kurashadi, bu esa oʻz navbatida, bolajoningizning ogʻriqlarsiz sogʻlom rivojlanishiga yordam beradi.

Preparat bolalar uchun yaratilgani, ammo bir vaqtning oʻzida uning neymingi dorining barcha foydali xususiyatlari qisqa va loʻnda tushuntira olishi kerakligini inobatga olgan holda, biz preparatga “Rikki” nomini berishga qaror qildik.

Bu nom bizni Radyard Kiplingning mashhur “Riki-Tiki-Tavi” hikoyasidagi bosh qahramon, mangustga ishora qiladi: chunki u ham doʻstlarini zararkunanda ilonlardan himoya qilgan. Inson organizmidagi parazitlar ham aynan ilonga oʻxshab ketadi.

Bizning holatda ham “Rikki” bolalar organizmida shunday ta’sir oʻtkazadi — dushmanlar bilan kurashib, sogʻlik va tozalikka erishadi.

Brend obrazini ham biz aynan shunday holda tasvirladik — qahramon niqobini taqib, qoʻliga qalqon ushlab olgan ayiqcha doimo zararkunandalar bilan kurashishga shay turadi.

Shu bilan birga, qadoq dizayni yorqin, bolalar e’tiborini tortadigan stilistikada ishlangan boʻlib, bolakaylar unga hech qanday qoʻrquv yoki mayuslik bilan qaramaydilar.

Tipografika ham e’tibor tortadigan uslubda yaratilgan, uni uzoqdan turib ham bemalol oʻqib olish mumkin.

Qadoqda preparat shakli — marmelad ayiqlar hamda uning xotira va e’tiborga ijobiy ta’sir koʻrsatishi haqida ham ma’lumot berib ketilgan.

Hozirgi kunda brend Halol sertifikati ostida 10 000 dan ortiq sotuvga erishgan va bu sonlar kundan kunga oʻsib bormoqda

Next Project

Back To Top
Theme Mode