Emir

Sovgʻa tariqasida beriladigan quruq mevalar kompaniyasi uchun neyming


Vazifa: milliylik ruhini saqlagan holda qisqa, sodda va nom tanlash.


Topilgan nom: Emir

Lingvistik tahlil:
Emir — arab tilidan oʻzlashgan “amir” soʻzining xalqaro tildagi variatsiyasi hisoblanadi.

Nomga izoh:
Oʻrganishlar natijasida mahsulot — yurtimizda yetishtiriladigan quruq mevalar ekani, u asosan bayram yoki boshqa muhim tadbirlarda korporativ sovgʻa sifatida taqdim etilishi maʼlum boʻldi.

Hadyalar munosabatlarni yaxshilaydi. Tarixga yuzlansak, bir mamlakat elchilari boshqa mamlakat hukmdorlariga sovgʻalar keltirilgani, bu ularning oʻzaro munosabatlari mustahkamlanishi uchun xizmat qilgani maʼlum boʻladi.

Mahsulotning yana bir auditoriyasi — bu xorijiydan kelgan sayohatchilar. Odatda sayyohlar uchun mamlakatning milliy oʻziga xosligini ifodalovchi joy, buyum va yeguliklar qadrli boʻladi.

Shularni inobatga olib, biz Emir nomini tanlab, mijozga taqdim etdik. Bunda boy tariximizdagi buyuk sarkarda Amir Temur maqomidan ham ilhomlandik.

Next Project

Back To Top
Theme Mode