Раз-два и готово!

Yarimfabrikat mahsulotlari kompaniyasi uchun neyming


Vazifa: yarimtayyor mahsulotlarning vaqt tejalishi afzalligiga urgʻu bergan holda nom topish


Topilgan nom: Раз-два и готово!

Nomga izoh:
Zamonaviy dunyoda eng qimmat resurs — bu vaqt. Shu bois biz uning har onini qadrlashga harakat qilamiz, vaqtni tejash imkonini beruvchi har qanday narsaga ehtiyoj sezamiz.

Chuchvara, kotlet, frikadelka, somsa kabi yarimfabrikatlar ishlab chiqaruvchi korxonaning asosiy oʻziga xosligi ham shunda — tezkorlik va vaqt tejamkorligi uning noyob tijoriy taklifi (УТП). Biz taklif etgan nom mijozga maʼqul keldi, chunki unda taom bir-ikki sodda harakatlar bilan va koʻz ochib yumguncha tayyor boʻlishiga ishora bor.

Yana mijoz bilan boʻlgan muhokamalarda maʼlum boʻldiki, mahsulot asosan Navoiy viloyati bozori uchun taklif etiladi. Navoiy viloyatida esa rus tilida soʻzlashuvchi aholi qatlami koʻpchilikni tashkil etadi. Ayni shu bois ham biz ruscha nom tanlashga qaror qildik. Ammo unda shunday soʻzlar ishlatildiki, hatto rus tilini deyarli bilmaydigan insonlar ham nomdan koʻzlangan mazmunni anglaydi — «Раз-два и готово!»

Next Project

Back To Top
Theme Mode