Vagiproct bad

Vagiproct bad

Nozik muammolarga nozik yechim

Ko‘rib turganingiz — navbatdagi mehnatimiz mahsuli — nozik muammolar davosi uchun mo‘ljallangan shamdori (svecha) shaklidagi Vagiproct tabiiy preparatiga qadoq dizayni.

Asosan ayollarga oid va aytilishi xijolatli bo‘lgan kasalliklarni dizaynda ko‘rsatib o‘tish ham oson masala emasdi. Aniqlikka intilsak, dizayn qo‘pol va xunuk bo‘lib qolardi; mavhumlikka intilsak, u tushunarsiz bo‘lib qolishi mumkin edi. Biz ikkisining me’yorini va o‘zimizga xos minimalizm uslubini saqlagan holda noyob dizaynerlik yechimini berdik.

Bu flat design (yassi dizayn) yo‘nalishidagi illustratsiyalar bo‘ldi. Flat design eng zamonaviy uslublardan biri bo‘lib, uning bir qancha talablari bor:
• ikki o‘lchamli (2D) maydon — hech qanday hajm, faktura, nurlar, soyalarsiz tasvir;
• minimalizm — ortiqcha bezak va jimjimadorliksiz;
• aniq konturlar — flet dizayn yo‘nalishidagi tasvirlar sodda, ortiqcha detallarsiz bo‘lishi kerak, oddiy va tushunarli chiziqlar bo‘lsa bas.

Qadoqda berilgan har bir illustratsiya og‘riqlarni ifodalaydi. Ular minimalizm uslubida tasvirlangan bo‘lsa-da, mahsulot qaysi muammolar uchun ekanini oson tushunish imkonini beradi.

Ranglar mutanosibligiga ham ahamiyat bering — bir rangning boshqasiga organik tarzda o‘tishi orqali umumiy balansga erishdik. Natijada bu loyihamiz ham mijoz tomonidan ijobiy qabul qilindi va muvaffaqiyatli keyslarimiz ro‘yxatidan joy oldi.

Baho bering!

Vagiproct bad
Vagiproct bad
Vagiproct bad
Vagiproct bad
Vagiproct bad

Next Project

Back To Top
Theme Mode