Agro mahsulotlar




Nur&Garden — STM uchun mos qadoq dizayni: guruchdan quruq mevalargacha
Bozorga yangi mahsulot bilan kirib kelish xuddi katta va raqobati kuchli maydonning eshigini taqillatishga o‘xshaydi. Xaridorlar sizni qanday kutib olishi ko‘p jihatdan “ustingizdagi libos”ga, ya’ni qadoq dizayniga bog‘liq. MINIM agentligiga murojaat qilgan navbatdagi mijozimiz anchagina yosh, ammo oldiga tog‘dek katta maqsadlarni qo‘ygan shijoatli tadbirkor yigit edi. U kundalik ehtiyoj tovarlari (FMCG) bozoriga yangi — “Nur&Garden” brendi bilan kirishni niyat qilgandi. Bizning vazifamiz esa aniq va lo‘nda: shunchaki chiroyli dizayn chizib berish emas, balki to‘g‘ri vizual yechimlar orqali bu yosh brendga yangi bozorlar va imkoniyatlar eshigini ochib berish!




Green Way – Xalqaro konservalangan mevalar brendi uchun qadoqlash dizayni
Baʼzi loyihalar masshtabi va toʻgʻri qurilgan strategiyasi bilan oʻzi uchun gapiradi. Green Way konservalangan mevalar liniyasi — portfelimizdagi namunali keyslardan biri. Bu yerda gap faqat dizaynda emas, balki mijozimizning biznes tafakkurida. U haqiqiy “global oʻyinchi”. Loyihaning boshqaruvi va gʻoyasi Oʻzbekistonda shakllangan, ishlab chiqarish Indoneziyada yoʻlga qoʻyilgan, tayyor mahsulot esa butun Oʻrta Osiyo bozorlariga eksport qilinadi. Dunyoning istalgan nuqtasidan optimal resurs topib, uni real ishlaydigan yirik biznesga aylantirish — bu haqiqiy mahorat.





IMPERIA – makaron mahsulotlari uchun qadoqlash dizayni va rebrending
Brendning 23 yillik tarixini zamonaviy vizual tilga ko‘chirish va xaridor bilan ochiq muloqot strategiyasi.




Vodiy Organics — O‘zbekistondagi organik tuxum brendi va qadoqlash dizayni
Biz ancha avval yakunlagan, ammo hali maqola qilib joylamagan loyihalarimizdan biri — Vodiy Organichs brendi uchun ishlangan logotip va etiketka dizayni.



Agri Food — Agro mahsulotlar uchun Yevropacha qadoq dizayni
Agri Food – Yevropada eksportga mo'ljallangan O'zbekistondan kelgan dukkakli o'simliklar uchun qadoqlash dizayni




UzAgroStar – Meva va sabzavotlar eksporti uchun qadoq dizayni
UzAgroStar uchun eksport qadoq dizayni ishlab chiqildi. Madaniy kod (Sherdor/Simurg ramzli arkalar) va "jo'natma" metaforasi (shtamplar, Hand Picked) mahsulotni milliy brendga aylantirib, uning jahon bozoridagi qiymatini oshiradi.



Agrobest — organik urug‘lar uchun qadoq dizayni
Biz Agrobest organik urug‘lari uchun modul asosidagi qadoqlash dizaynini ishlab chiqdik. «Yuqoridan ko‘rinadigan dalalar» vizual kodi va rangli stiker tizimi B2B auditoriyada ishonchni kuchaytiradi hamda butun assortiment bo‘yicha qulay moslashuvni ta’minlaydi.




Durust: Tuzlangan bodring, pomidor va tomat souslari uchun qadoq dizayni
Bizning nomlash va qadoqlash dizaynini ishlab chiqish bo'yicha keyingi muvaffaqiyatli loyihamiz oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatish bilan shug'ullanadigan kompaniya uchun. Bu kompaniya avval Belarus va Rossiyadan oziq-ovqat mahsulotlarini olib kelib, O‘zbekiston bozorida distribyutorlik bilan shug‘ullangan.




Agro Gold – qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun qadoq dizayni
Agro Gold+ brendi uchun qadoqlash dizayni Biz Agro Gold+ kompaniyasi uchun qadoqlash dizaynini ishlab chiqish bo'yicha ishimizni taqdim etamiz. Mahsulot nomi mijoz tomonidan taklif qilingan - Gold Crop, bu mahsulotning qiymati va samaradorligini ta'kidlaydigan "Oltin hosil" degan ma'noni anglatadi.
Azzir: Ziravorlar uchun sotuvga yo‘naltirilgan qadoq dizayni
Ziravorlar ovqatga o'ziga xos ta'm va hid beradi. V. V. Pohlebkin tomonidan taklif qilingan tasnifga ko'ra, ziravorlar 3 guruhga bo'linadi: klassik yoki ekzotik ziravorlar va mahalliy ziravorlar. Azzir deyarli barcha turdagi ziravorlar to'plamiga ega.