Sogʻliq & Goʻzallik



Doctor Ali — AQSh bozoriga mo‘ljallangan BFQ qadoq dizayni
“Ota rozi — Xudo rozi”, deydi dono xalqimiz. Farg‘onaning mashhur Mehrigiyo korxonasi asoschilari ana shu hikmatga amal qilib, yangi subbrendlarini otalarining sharafiga Doctor Ali deb nomlashgan. Niyat xolis ekan, bu mahsulot kichik bir hududda emas, to‘g‘ridan to‘g‘ri okean ortida — Amerika Qo‘shma Shtatlarida ham sotila boshladi. MINIM jamoasi uchun bu loyiha nafaqat navbatdagi ish, balki o‘ziga xos milliy g‘urur masalasi ham edi.



ArZincum — rux eritmasi va spreyi uchun qadoq dizayni
Sog‘lik — tuman boylik, deydi dono xalqimiz. Organizm soatdek aniq ishlashi uchun turli vitamin va minerallar suv va havodek zarur. Ayniqsa, rux (sink) moddasining o‘rni beqiyos. U turli viruslardan himoya qiladi, bo‘y o‘sishiga ko‘maklashadi va umuman olganda, tana uchun eng kerakli minerallardan biri hisoblanadi. “Alkimyogar pharm” kompaniyasi ayni shu yo‘nalishda katta ishga qo‘l urdi. Ular Kanada texnologiyasi asosida o‘zimizning Farg‘onada rux kolloid eritmasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdi. Bu ularning mutlaqo o‘ziga xos, eksklyuziv mahsuloti edi.


Inositol – biologik faol qo‘shimchalar uchun premium qadoqlash dizayni
Innovatsiya, premium estetika va vizual tushunarlilikni o‘zida mujassam etgan zamonaviy dizayn yechimi.



RenitMaks — burun uchun sprey qadoq dizayni
RenitMaks burunspreyi uchun qadoq dizayni ishlab chiqildi. To‘yingan tibbiy ko‘k rang, evkalipt barglari (tabiiy ta’sir) va vertikal tipografika dorixona rastalari uchun zamonaviy, professional uslub va aniq vizual arxitektura yaratadi.




Doctor Ali — salomatlik eliksiri uchun qadoq dizayni
"Alibobo X.O" (salomatlik eliksiri) uchun premium va funksional qadoq dizaynini ishlab chiqdik. "2 tasi 1 da" formati, namoyish uchun oynalar, tilla naqshli to‘q yashil fon va ergonomik tutqich qadoqni ishonchni oshiruvchi zamonaviy aksessuarga aylantirdi.
ON: Erkaklar uchun premium kosmetika brendingi va qadoqlash dizayni
ON erkaklar kosmetikasi uchun premium brending yaratdik: Qutb yulduzi shaklidagi logotip, qora va to‘q jigarrang ohangdagi qadoqlash, magnitli va charm elementli sovg‘a qutisi. Korporativ sovg‘alar uchun mukammal yechim.




Lecithin Kids: Bolalar letsitini uchun qadoq dizayni va personaj
Lecithin Kids uchun sariq-yashil rangli, ajralib turuvchi qadoqlash va do‘stona ajdarho maskoti yaratildi. Dizayn onalar va bolalar fokus-guruhi tomonidan tasdiqlandi.
Rikki: bolalar antigelmintik preparati uchun brending va qadoq dizayni
Numa bolalar antigelmintik vitamini uchun Rikki aydenikasi yaratildi: nom mashhur mangust Rikki-Tikki-Tavidan ilhomlangan. Yorqin, bolalarga yoqimli dizayn mahsulotning foydasini ota-onalarga aniq yetkazadi.
Beun: Premium kosmetika uchun yangilangan qadoq dizayni
Beun qadoqlari yangilandi: Anti Age, Smart Akne, Whitening va Cleaning liniyalari uchun alohida teksturalar yaratildi. Premium ko‘rinish brendni yanada taniqli qildi va savdolar oshishiga yordam berdi.

Aminomaks: Kattalar uchun vitamin kompleksi qadoq dizayni
Aminomaks uchun jiddiy, ammo ko‘zga tashlanadigan qadoq dizayni yaratildi. Akvarel ohanglari va yumshoq gradientlar neyromarketing tadqiqotlariga asoslangan — ular tashvishni kamaytiradi va mahsulotni tezroq sezilarli qiladi.