Sovg‘abop qadoqlar





Exclusive Harvis — sovg‘abop choylar uchun qadoq dizayni
“Mehmonga quruq qo‘l bilan borib bo‘lmaydi” deydi mehmondo‘st xalqimiz. Lekin bayramlarda ba’zida shunday sovg‘alarga ko‘zimiz tushadiki, odam uni ochib ko‘rmay, keyingi to‘yda boshqa birovga uzatib yuborgisi keladi. Har bir ishlab chiqaruvchi o‘z choyi shunday qadrli tuhfa bo‘lishini, dasturxonning to‘rida, eng aziz insonlar uchun damlanadigan haqiqiy sovg‘a bo‘lishini orzu qiladi. Aynan shu ezgu niyat bilan “Exclusive” brendi “Harvis” nomli premium va sovg‘abop choylar liniyasiga qadoq dizayni yaratish uchun agentligimizga murojaat qildi.




Bobur Tea – Bobur olamini jonlantiruvchi choy qadoq dizayni
Bobur Tea – Madaniy qadriyatga ega premium choy brendi




Doctor Ali — salomatlik eliksiri uchun qadoq dizayni
"Alibobo X.O" (salomatlik eliksiri) uchun premium va funksional qadoq dizaynini ishlab chiqdik. "2 tasi 1 da" formati, namoyish uchun oynalar, tilla naqshli to‘q yashil fon va ergonomik tutqich qadoqni ishonchni oshiruvchi zamonaviy aksessuarga aylantirdi.
ON: Erkaklar uchun premium kosmetika brendingi va qadoqlash dizayni
ON erkaklar kosmetikasi uchun premium brending yaratdik: Qutb yulduzi shaklidagi logotip, qora va to‘q jigarrang ohangdagi qadoqlash, magnitli va charm elementli sovg‘a qutisi. Korporativ sovg‘alar uchun mukammal yechim.
Beun: Premium kosmetika uchun yangilangan qadoq dizayni
Beun qadoqlari yangilandi: Anti Age, Smart Akne, Whitening va Cleaning liniyalari uchun alohida teksturalar yaratildi. Premium ko‘rinish brendni yanada taniqli qildi va savdolar oshishiga yordam berdi.




Detacsion: Biologik faol kompleks uchun qadoq dizayni
Minim Design tabiiy tarkibli Detacsion detoks-kompleksi uchun qadoq dizaynini ishlab chiqdi. Bahor – yangilanish fasli, Detacsion qadoq dizayni ham aynan shu g‘oyani aks ettiradi.
Amin Toys: O‘yinchoqlar uchun premium qadoq va 3D-modellar
Amin Toys – O‘zbekiston aholisining ko‘pchiligi uchun sifatli o‘yinchoqlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan mahalliy kompaniya. Shuningdek, mamlakatning turli shaharlarida o‘z do‘konlari mavjud.




Cat Truck: O‘yinchoq karer samosvali uchun qadoq dizayni
O‘yinchoqlar bola hayotining muhim qismidir. Bizning bolaligimizda o‘yinchoqlar asosan Xitoydan olib kelingan va uzoq davom etmagan. Bugungi kunda O‘zbekistonda sifatli va ishonchli o‘yinchoqlar ishlab chiqarish ko‘paymoqda.




Saidovs: Krossovkalar brendi uchun kreativ qadoq dizayni
SAIDOVS STORE - original krossovkalarning taniqli distribyutori bo‘lib, 2017 yildan buyon faoliyat yuritadi. Kompaniya jahon brendlarining eksklyuziv poyabzal modellarini taklif etadi va o‘z mahsulotlarining yuqori sifati tufayli butun dunyo bo‘ylab mijozlar ishonchini qozongan. SAIDOVS STORE O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya kabi mamlakatlarga krossovkalar yetkazib beradi.
Alsab: Ko‘z salomatligi uchun oftalmologik to‘plam qadoq dizayni
Premium mahsulot yuqori darajadagi dizaynni talab qiladi. Biz ko‘rishni yaxshilashga mo‘ljallangan Alsab to‘plami uchun keng qamrovli ishlarni amalga oshirdik.