Qandolat mahsulotlari




Broko — qandolat mahsulotlari lineykasi uchun neyming, logotip va qadoq dizayni
“Elit Konditer” qandolat fabrikasini bir oila — aka-ukalar va ularning qarindoshlari ochgan. Fabrika hamma narsani qila olardi: tartaletka, keks, brauni, ponchik, kruassan va shokolad. Lekin har bir mahsulot oʻz nomi va oʻz dizayni bilan chiqardi, xaridor esa bularning hammasini bitta ishlab chiqaruvchi qilayotganini bilmasdi. Fabrika yangi qoliplar olib kelib, yangi lineyka chiqarishga qaror qilganda, Xojiakbar aka Minim'ga keldi.




Idona — ichi toʻldirilgan yumshoq keks lineykasi uchun logotip va qadoq dizayni
“Togʻ togʻ bilan uchrashmaydi, odam odam bilan uchrashadi”, deydi xalqimiz. Almos pryaniklari ustida birga ishlagan qandolatchilik kompaniyasi bu safar yangi brend — Idona bilan keldi. Gap ichi toʻldirilgan yumshoq kekslar haqida edi: apelsin, shokolad, oʻrmon mevalari va banan. Vazifa oddiy eshitilardi, lekin bir necha bosqichda hal boʻldi: rastadan turib choy bilan yeging keladigan keks yaratish kerak edi.




Melty — vafli lineykasi uchun neyming, logotip va qadoq dizayni
Eng yaxshi do‘st — sinovdan o‘tgan eski do‘st, deganlaridek, doimiy mijozimiz A’loxon aka va “Lindo” korxonasi navbatdagi yirik loyihani ham bizga ishonib topshirishdi.

“Candy Gold” — Nillo kekslari uchun TEZKOR QADOQ DIZAYNI
Biznesda shunday qulay vaziyatlar tug‘iladiki, paydo bo‘lgan imkoniyatni ushlab qolish uchun ba’zan tezkor qaror qabul qilish kerak bo‘ladi. Bundan bir necha yil avval ma’lum geosiyosiy vaziyatlar sabab xorijdan keladigan ayrim qandolat mahsulotlarining importi to‘xtab qoldi. Bozorda ochiq maydon paydo bo‘ldi. Bunday paytda yoki darhol harakat qilib polkalarni egallash yoki boshqalarning savdosi qiziganini chetdan tomosha qilib o‘tirish mumkin. “Candy Gold” tomoshabin bo‘lishni istamadi. Ular o‘zlarining shokoladli, malinali va bananli Nillo kekslari bilan shu bo‘shliqni tezkorlik bilan to‘ldirishga qaror qilishdi.



“Talkan” — to‘g‘ri ovqatlanish (PP) ixlosmandlariga guruchli yorma uchun qadoq dizayni
“Sog‘lom tanda — sog‘lom aql” deb bejiz aytishmagan. Bugungi kunda sog‘lom turmush tarzi shunchaki vaqtinchalik urf emas, kundalik ehtiyojga aylanib ulgurdi. Zalga chiqib temir ko‘taradigan, har bir kaloriyasini erinmay hisoblaydigan fitnes ixlosmandlari safi tobora kengayib boryapti. Aynan mana shunday o‘ziga e’tibor beradigan, sport bilan oshno bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan “Talkan” mahsuloti ishlab chiqaruvchilari agentligimiz eshigini o‘ziga xos vazifa bilan qoqib kelishdi. Maqsad katta — mahsulot ham Arab mamlakatlari, ham o‘zimizning ichki bozor polkalarida sotilishi kerak.



Nuvella – Nusi brendining premium pechenyelari uchun qadoqlash dizayni
Avvalroq qandolat bozoridagi loyihalarimizdan biri — Nusi rebrendingi haqida tahliliy maqola e’lon qilgan edik. Muvaffaqiyatli yangilanishdan so‘ng, kompaniya brendlar arxitekturasini kengaytirishga qaror qildi va “Brendlar uyi” (House of Brands) strategiyasiga o‘tdi. Ushbu yangi brendlar portfelidagi ilk premium loyiha esa “Nuvella” subbrendi bo‘ldi.



Dublik – pechenye brendi uchun neyming va qadoq dizayni






SLADOVO – O‘zbekistonda pechenye brendi uchun qadoq dizayni
Odatda yaxshi mahsulot o‘z-o‘zini sotadi, deyishadi. Ammo zamonaviy raqobat bozorida mahsulotingiz qanchalik mazali va sifatli bo‘lmasin, uning ko‘rinishi xaridor diqqatini tortmasa, rastalardagi yuzlab brendlar orasida yo‘qolib qolishi hech gap emas. Navbatdagi keysimizda aynan shunday vaziyatdan qanday qilib chiroyli va foydali chiqib ketganimiz haqida so‘z yuritamiz.



ALMOS – Tojikiston bozori uchun qandolat mahsulotlari brendi va qadoqlash dizayni
Mijoz: Almos (Tojikiston) Yoʻnalish: qandolat mahsulotlari Loyiha: toʻliq rebrending, logotip, qadoq dizayni, dizayn tizimi Muddat: 11-avgust — 11-noyabr (3 oylik qizgʻin mehnat)




Nusi – Qandolat brendi uchun rebrending
Yagona konsepsiya, yangi qahramon va yorqin dizayn orqali sotuvlarni oshirishga xizmat qiluvchi strategik yechim.