Sut mahsulotlari
Rodnaya Derevnya: Pishloqlar uchun neyming va qadoq dizayni
Vazifa: mashhur mahalliy supermarketlar tarmog‘ida sotiladigan kolbasa va yarim dudlangan pishloqlarning yangi liniyasi uchun qadoq yaratish. Qadoqlash yuqori supermarket standartlariga javob berishi va mijozlar e’tiborini jalb qilishi kerak.
Samandar Milk Food: Sut mahsulotlari qadoqlarining yangilangan dizayni
O‘zbekiston aholisi uchun sifatli sut mahsulotlari deganda nima tushuniladi? Bu har kuni erta tongda ko‘p qavatli uylarga yangi sut mahsulotlarini olib keluvchi xolajon obrazi. U xolaning ovozi hammaga tanish: «Sut, qatiq, qaymoq, tvorog…» Sutchi xola obrazi — bu nafaqat noyob yetkazib berish an’anasi, balki u har bir o‘zbekiston aholisi uchun tanish bo‘lgan yuqori sifatni ham ifodalaydi. Damas — bu shunchaki transport vositasi emas. U O‘zbekistonda so‘nggi bir necha avlodlar uchun ommabop yetkazish xizmati timsoli bo‘lib kelmoqda. Mana shu ikki obraz deyarli har bir O‘zbekiston aholisi uchun yaqindan tanish.