Bizning ishlarimiz

Bizning ihomlantiradigan, ishonchni mustahkamlaydigan va biznesni muvaffaqiyatli qiladigan yechimlarimiz bilan tanishib chiqing.

Dobro Dobrom — Moxito ichimligi uchun qadoq dizayniDobro Dobrom — Moxito ichimligi uchun qadoq dizayniDobro Dobrom — Moxito ichimligi uchun qadoq dizayni

Dobro Dobrom — Moxito ichimligi uchun qadoq dizayni

“Dobro Dobrom” brendi bilan oldin ham katta loyihalarda — sharbatlar va “ Yessentuki ” suvlari qadog‘i ustida ishlaganmiz. Bu safar ular yangi Moxito ichimligi bilan kelishdi. Bozorda chaqmoq va olovlar bilan bezatilgan, go‘yoki odamga qanot bag‘ishlaydigan agressiv energetiklar polkalarni egallab olgan bir paytda, bu yaxna ichimlikni xaridorga qanday taqdim etsa, to‘g‘ri bo‘ladi?

  • Qadoq dizayni
Udar — kungaboqar pistasi uchun qadoq dizayniUdar — kungaboqar pistasi uchun qadoq dizayniUdar — kungaboqar pistasi uchun qadoq dizayni

Udar — kungaboqar pistasi uchun qadoq dizayni

Pista chaqish — bu shunchaki odat emas, balki qon-qonimizga singib ketgan o‘ziga xos milliy sportimiz! Choyxonadagi gurunglarda ham, oila davrasida serial ko‘rganda ham o‘rtada albatta bir idish pista turadi. Yaqinda xuddi shu qaynoq bozorga yangi brend kirib keldi va bizga qadoq dizaynini yaratish vazifasi topshirildi.

  • Qadoq dizayni
Doctor Ali — AQSh bozoriga mo‘ljallangan BFQ qadoq dizayniDoctor Ali — AQSh bozoriga mo‘ljallangan BFQ qadoq dizayniDoctor Ali — AQSh bozoriga mo‘ljallangan BFQ qadoq dizayni

Doctor Ali — AQSh bozoriga mo‘ljallangan BFQ qadoq dizayni

“Ota rozi — Xudo rozi”, deydi dono xalqimiz. Farg‘onaning mashhur Mehrigiyo korxonasi asoschilari ana shu hikmatga amal qilib, yangi subbrendlarini otalarining sharafiga Doctor Ali deb nomlashgan. Niyat xolis ekan, bu mahsulot kichik bir hududda emas, to‘g‘ridan to‘g‘ri okean ortida — Amerika Qo‘shma Shtatlarida ham sotila boshladi. MINIM jamoasi uchun bu loyiha nafaqat navbatdagi ish, balki o‘ziga xos milliy g‘urur masalasi ham edi.

  • Qadoq dizayni
ArZincum — rux eritmasi va spreyi uchun qadoq dizayniArZincum — rux eritmasi va spreyi uchun qadoq dizayniArZincum — rux eritmasi va spreyi uchun qadoq dizayni

ArZincum — rux eritmasi va spreyi uchun qadoq dizayni

Sog‘lik — tuman boylik, deydi dono xalqimiz. Organizm soatdek aniq ishlashi uchun turli vitamin va minerallar suv va havodek zarur. Ayniqsa, rux (sink) moddasining o‘rni beqiyos. U turli viruslardan himoya qiladi, bo‘y o‘sishiga ko‘maklashadi va umuman olganda, tana uchun eng kerakli minerallardan biri hisoblanadi. “Alkimyogar pharm” kompaniyasi ayni shu yo‘nalishda katta ishga qo‘l urdi. Ular Kanada texnologiyasi asosida o‘zimizning Farg‘onada rux kolloid eritmasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdi. Bu ularning mutlaqo o‘ziga xos, eksklyuziv mahsuloti edi.

  • Qadoq dizayni
AquaAsia — salqin ichimliklar brendi uchun yangi etiketka dizayniAquaAsia — salqin ichimliklar brendi uchun yangi etiketka dizayniAquaAsia — salqin ichimliklar brendi uchun yangi etiketka dizayni

AquaAsia — salqin ichimliklar brendi uchun yangi etiketka dizayni

Xalqimizda to‘y-tomosha, yig‘in-ma’raka deganlari hech qachon tugamaydi, ilohim, tugamasin ham. Ammo shu to‘kin dasturxonning qoq markazida viqor bilan turadigan, mehmonlar oldida mezbonning yuzini yorug‘ qiladigan premium salqin ichimliklar masalasi hamisha dolzarb. Ishlab chiqaruvchi mijozimiz Eldor aka bilan bu uchinchi yirik loyihamiz. Avvalroq ular uchun “ NOV ” va “Toshkent suv” mineral suvlari loyihalarini pishiq-puxta qilib topshirgan edik. Navbatdagi, uchinchi yurish esa СТМ (shaxsiy savdo belgisi) formatidagi yangi brend — AquaAsia bo‘ldi.

  • Qadoq dizayni
Lattico — grek yogurti uchun qadoq dizayniLattico — grek yogurti uchun qadoq dizayniLattico — grek yogurti uchun qadoq dizayni

Lattico — grek yogurti uchun qadoq dizayni

Bizning dasturxonni sut, qatiq, qaymoq, smetana yoki kefirsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bular qon-qonimizga singib ketgan mahsulotlar. Lekin so‘nggi paytlarda bozorda sekin-asta yangi va noodatiy bir mehmon paydo bo‘lmoqda — grek (yunon) yogurti. Unga bo‘lgan talabni asosan fitnes trenerlar va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi kontentlar yaratib bermoqda. MINIM agentligiga “Lattico” brendining yangi grek yogurti uchun dizayn konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasi ishonib topshirildi.

  • Qadoq dizayni
Canados — freon mahsulotlari uchun neyming, logotip va qadoq dizayniCanados — freon mahsulotlari uchun neyming, logotip va qadoq dizayni

Canados — freon mahsulotlari uchun neyming, logotip va qadoq dizayni

Bozorning issiq-sovug‘ini yaxshi biladigan, 12 yildan beri freon sohasida bo‘lgan “Dekat” kompaniyasi o‘z faoliyatida katta qadam tashladi. Ular endi mahsulotni shunchaki import qilish bilan cheklanmay, o‘zlarining shaxsiy savdo markasini (СТМ) yaratishga qaror qilishdi. Asosiy mijozlari — ustalar. “MINIM” agentligi oldida esa ushbu yangi brendni bozorga yorug‘ yuz bilan olib kirish, ustalar ishonchini qozonadigan yaxlit yechim topish vazifasi turardi.

  • Qadoq dizayni
  • Neyming
  • Logotip
Ez (Easy) — tez tayyorlanadigan lapsha uchun neyming va qadoq dizayniEz (Easy) — tez tayyorlanadigan lapsha uchun neyming va qadoq dizayniEz (Easy) — tez tayyorlanadigan lapsha uchun neyming va qadoq dizayni

Ez (Easy) — tez tayyorlanadigan lapsha uchun neyming va qadoq dizayni

Odamlarning yashash tarzi o‘zgarmoqda: hamma qayoqqadir shoshadi, pulni va eng muhimi, vaqtni tejash bugungi kunning asosiy tendensiyasiga aylandi. Buni supermarket polkalaridan ham yaqqol sezish mumkin. E’tibor berganmisiz, oldinlari tez tayyor bo‘ladigan lapshalar uchun do‘konda atigi 2-3 qator joy ajratilardi. Hozir esa ular butun boshli katta stellajlarni egallab yotibdi. Bu bozor ancha to‘yingan, raqobatchilar ko‘p, lekin shu bilan birga u shiddat bilan kengayib boryapti. Aynan mana shu trendni to‘g‘ri anglagan holda yangi loyihaga investitsiya kiritishga qaror qilgan Xitoylik mijozlarimiz MINIM agentligi eshigini qoqib keldi.

  • Qadoq dizayni
  • Neyming
Gazzak Corn — makkajo‘xori gulchalari uchun unikal qadoq dizayniGazzak Corn — makkajo‘xori gulchalari uchun unikal qadoq dizayniGazzak Corn — makkajo‘xori gulchalari uchun unikal qadoq dizayniGazzak Corn — makkajo‘xori gulchalari uchun unikal qadoq dizayni

Gazzak Corn — makkajo‘xori gulchalari uchun unikal qadoq dizayni

Biznesda eng katta yutuq — bu mijoz bilan o‘rnatilgan mustahkam va uzoq muddatli ishonchdir. MINIM agentligi va tadbirkor Jahongir Xo‘jayev (“Sariq bola” brendi asoschisi) o‘rtasidagi strategik hamkorlik bugungi kunga kelib o‘zining uchinchi bosqichiga qadam qo‘ydi. Bungacha biz birgalikda “Bolajon City Mall” savdo-ko‘ngilochar markazi va “Nanna” (makkajo‘xori tayoqchalari) kabi yirik loyihalarni muvaffaqiyatli yakuniga yetkazgan edik. Bu gal esa mijozimiz “Gazzak” lineykasi ostida yangi mahsulot — gulchali makkajo‘xori chiqarish rejasi bilan keldi.

  • Qadoq dizayni
Nur&Garden — STM uchun mos qadoq dizayni: guruchdan quruq mevalargachaNur&Garden — STM uchun mos qadoq dizayni: guruchdan quruq mevalargachaNur&Garden — STM uchun mos qadoq dizayni: guruchdan quruq mevalargachaNur&Garden — STM uchun mos qadoq dizayni: guruchdan quruq mevalargacha

Nur&Garden — STM uchun mos qadoq dizayni: guruchdan quruq mevalargacha

Bozorga yangi mahsulot bilan kirib kelish xuddi katta va raqobati kuchli maydonning eshigini taqillatishga o‘xshaydi. Xaridorlar sizni qanday kutib olishi ko‘p jihatdan “ustingizdagi libos”ga, ya’ni qadoq dizayniga bog‘liq. MINIM agentligiga murojaat qilgan navbatdagi mijozimiz anchagina yosh, ammo oldiga tog‘dek katta maqsadlarni qo‘ygan shijoatli tadbirkor yigit edi. U kundalik ehtiyoj tovarlari (FMCG) bozoriga yangi — “Nur&Garden” brendi bilan kirishni niyat qilgandi. Bizning vazifamiz esa aniq va lo‘nda: shunchaki chiroyli dizayn chizib berish emas, balki to‘g‘ri vizual yechimlar orqali bu yosh brendga yangi bozorlar va imkoniyatlar eshigini ochib berish!

  • Qadoq dizayni
  • Logotip