Bizning ishlarimiz
Bizning ihomlantiradigan, ishonchni mustahkamlaydigan va biznesni muvaffaqiyatli qiladigan yechimlarimiz bilan tanishib chiqing.




Zenit Duet — ikki ta’mli muzqaymoq uchun qadoq dizayni
Muzqaymoq bozori — raqobat kuchli va tez o‘zgaruvchan segmentlardan biri. Zamonaviy iste’molchini hayron qoldirish uchun endi shunchaki yangi ta’mning o‘zi yetarli emas. Noodatiy format, o‘ziga jalb qiluvchi vizual qiyofa va kuchli emotsiya kerak. Biz Zenit brendi bilan anchadan beri hamkorlik qilib kelamiz. Navbatdagi loyihamizda ushbu brend uchun aynan shunday noyob formatdagi mahsulot — Duet muzqaymog‘i qadoq dizaynini ishlab chiqdik.





Green Way – Xalqaro konservalangan mevalar brendi uchun qadoqlash dizayni
Baʼzi loyihalar masshtabi va toʻgʻri qurilgan strategiyasi bilan oʻzi uchun gapiradi. Green Way konservalangan mevalar liniyasi — portfelimizdagi namunali keyslardan biri. Bu yerda gap faqat dizaynda emas, balki mijozimizning biznes tafakkurida. U haqiqiy “global oʻyinchi”. Loyihaning boshqaruvi va gʻoyasi Oʻzbekistonda shakllangan, ishlab chiqarish Indoneziyada yoʻlga qoʻyilgan, tayyor mahsulot esa butun Oʻrta Osiyo bozorlariga eksport qilinadi. Dunyoning istalgan nuqtasidan optimal resurs topib, uni real ishlaydigan yirik biznesga aylantirish — bu haqiqiy mahorat.


Inositol – biologik faol qo‘shimchalar uchun premium qadoqlash dizayni
Innovatsiya, premium estetika va vizual tushunarlilikni o‘zida mujassam etgan zamonaviy dizayn yechimi.



IMPERIA – makaron mahsulotlari uchun qadoqlash dizayni va rebrending
Brendning 23 yillik tarixini zamonaviy vizual tilga ko‘chirish va xaridor bilan ochiq muloqot strategiyasi.




Suon – suv va salqin ichimliklar uchun logotip va qadoq dizayni



XIT – yoshlar uchun pista brendi qadoqlash dizayni



Exclusive Tea — mevali choy uchun qadoq dizayni
Xalqimizda choyxo‘rlik — shunchaki odat emas, balki mehr ulashish, diydorlashuv demak. Ammo bozordagi raqobat kuchaygan sari, xaridorni oddiy karton qutilar bilan hayratda qoldirib bo‘lmay qoldi. Yangi keys doirasida biz Exclusive mevali choylari uchun stereotiplarni buzuvchi va polkada ajralib turuvchi dizayn konsepsiyasini ishlab chiqdik.



Nuvella – Nusi brendining premium pechenyelari uchun qadoqlash dizayni
Avvalroq qandolat bozoridagi loyihalarimizdan biri — Nusi rebrendingi haqida tahliliy maqola e’lon qilgan edik. Muvaffaqiyatli yangilanishdan so‘ng, kompaniya brendlar arxitekturasini kengaytirishga qaror qildi va “Brendlar uyi” (House of Brands) strategiyasiga o‘tdi. Ushbu yangi brendlar portfelidagi ilk premium loyiha esa “Nuvella” subbrendi bo‘ldi.




Layker – snek brendi uchun neyming va qadoq dizayni O‘zbekistonda
Bugun yangilik qilasiz yoki polkadan siqib chiqarilasiz! Xaridor polka oldida mahsulotni tanlash uchun atigi 3–5 soniya sarflaydi. Agar mahsulotingiz qiziqtira olsa, xarid amalga oshiriladi.



