Bizning ishlarimiz
Bizning ihomlantiradigan, ishonchni mustahkamlaydigan va biznesni muvaffaqiyatli qiladigan yechimlarimiz bilan tanishib chiqing.




Broko — qandolat mahsulotlari lineykasi uchun neyming, logotip va qadoq dizayni
“Elit Konditer” qandolat fabrikasini bir oila — aka-ukalar va ularning qarindoshlari ochgan. Fabrika hamma narsani qila olardi: tartaletka, keks, brauni, ponchik, kruassan va shokolad. Lekin har bir mahsulot oʻz nomi va oʻz dizayni bilan chiqardi, xaridor esa bularning hammasini bitta ishlab chiqaruvchi qilayotganini bilmasdi. Fabrika yangi qoliplar olib kelib, yangi lineyka chiqarishga qaror qilganda, Xojiakbar aka Minim'ga keldi.




Rodnaya Derevnya — pishloqlar lineykasi uchun neyming, logotip va qadoq dizayni
Rodnaya Derevnya — pishloqlar lineykasi uchun neyming, logotip va qadoq dizayni “Olmos yerda qolmas”, deydi dono xalqimiz. Jizzaxdagi pishloq ham shunday olmos edi. Xaridorlar uni toʻgʻri sexning oʻzidan olib ketishardi, lekin pishloqning dovrugʻi tanish-bilishlar doirasidan nariga chiqmasdi. Mazasi bor edi-yu, nomi yoʻq edi.




Crispy — Qozogʻiston bozori uchun yumshoq suxariklar neymingi, logotipi va qadogʻi
Chimkentdagi Baraka N1 kompaniyasi 2014-yilda qurt ishlab chiqarishdan boshlagan. Bugun uning rastadagi mahsulotlari koʻp: pista, popkorn, shirin makkajoʻxori, konfet, suxariklar. Hammasi bitta — Baraka nomi ostida chiqardi. Endi kompaniya yangi mahsulot — yumshoq suxarik chiqarmoqchi edi. Savol tugʻildi: hamma narsani bitta savatga solaverish kerakmi yoki yangi mahsulotga oʻz nomini berish kerakmi?



Natte — tabiiy sharbatlar uchun neyming, logotip va etiketka dizayni
Kemaga qanday nom qoʻysang, u shunday suzadi, deganlaridek. Sharbatning yoʻli esa uzoq: Oʻzbekistondan Qozogʻistonga, undan keyin eksportga. Euro Food Trade kompaniyasi konsentrat yetkazib beruvchi hamkori Modesto bilan birga 8 xil taʼmdagi tabiiy sharbatlar lineykasini bozorga olib kirishga tayyorlanayotgan edi. Bizga bitta iltimos bilan murojaat qildilar: “Odamlar takrorlaydigan nom kerak”.




Melty — vafli lineykasi uchun neyming, logotip va qadoq dizayni
Eng yaxshi do‘st — sinovdan o‘tgan eski do‘st, deganlaridek, doimiy mijozimiz A’loxon aka va “Lindo” korxonasi navbatdagi yirik loyihani ham bizga ishonib topshirishdi.


Canados — freon mahsulotlari uchun neyming, logotip va qadoq dizayni
Bozorning issiq-sovug‘ini yaxshi biladigan, 12 yildan beri freon sohasida bo‘lgan “Dekat” kompaniyasi o‘z faoliyatida katta qadam tashladi. Ular endi mahsulotni shunchaki import qilish bilan cheklanmay, o‘zlarining shaxsiy savdo markasini (СТМ) yaratishga qaror qilishdi. Asosiy mijozlari — ustalar. “MINIM” agentligi oldida esa ushbu yangi brendni bozorga yorug‘ yuz bilan olib kirish, ustalar ishonchini qozonadigan yaxlit yechim topish vazifasi turardi.



Ez (Easy) — tez tayyorlanadigan lapsha uchun neyming va qadoq dizayni
Odamlarning yashash tarzi o‘zgarmoqda: hamma qayoqqadir shoshadi, pulni va eng muhimi, vaqtni tejash bugungi kunning asosiy tendensiyasiga aylandi. Buni supermarket polkalaridan ham yaqqol sezish mumkin. E’tibor berganmisiz, oldinlari tez tayyor bo‘ladigan lapshalar uchun do‘konda atigi 2-3 qator joy ajratilardi. Hozir esa ular butun boshli katta stellajlarni egallab yotibdi. Bu bozor ancha to‘yingan, raqobatchilar ko‘p, lekin shu bilan birga u shiddat bilan kengayib boryapti. Aynan mana shu trendni to‘g‘ri anglagan holda yangi loyihaga investitsiya kiritishga qaror qilgan Xitoylik mijozlarimiz MINIM agentligi eshigini qoqib keldi.



XIT – yoshlar uchun pista brendi qadoqlash dizayni




Layker – snek brendi uchun neyming va qadoq dizayni O‘zbekistonda
Bugun yangilik qilasiz yoki polkadan siqib chiqarilasiz! Xaridor polka oldida mahsulotni tanlash uchun atigi 3–5 soniya sarflaydi. Agar mahsulotingiz qiziqtira olsa, xarid amalga oshiriladi.



